4-sektor rahbari boşçiligida yiğiliş ötkazildi
Amudaryo tumani 4-sektor rahbari A.Seitov boşçiligida 4-sektorga biriktirilgan mahallalarning raislari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari, mahalladagi yoşlar yetakçisi va profilaktika inspektorlari bilan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda 2022-yil 1-2-iyul kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida bölib ötgan ommaviy tartibsizliklar muhokama qilinib, "Ogohlik — davr talabi", "Terorizm va diniy ekstremizm — jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzulari böyiça tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borildi.
Şuningdek, yiğilişda hokim yordamçilari tomonidan joriy yil boşidan şu kunga qadar amalga oşirilgan işlar ham muxokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-mart kungi 145-sonli "XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI ÖRGANIŞ VA HAL ETIŞ TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAŞTIRIŞ ÇORA-TADBIRLARI TÖĞRISIDA"gi qaroriga asosan hududdagi ayol-qizlarni xatlovdan ötkaziş, muammolarini örganiş va hal qiliş yuzasidan kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar belgilab olindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni “Yoşlar bilan işlaşni samarali taşkil etişda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob öqişga qiziqişini oşiriş böyiça 5 ta muhim taşabbusni amalga oşiriş töğrisida” ötkazilgan videoselektor yiğilişida ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusiga asosan 4-sektor hududidagi mahallalarga biritirilgan yoşlar yetakçilari tomonidan amalga oşirilayotgan işlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶