Senatning 29-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi
Joriy yilning 4–5-avgust kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma töqqizinçi yalpi majlisi bölib ötgan edi. Yalpi majlisda 14 ta masala, şu jumladan 6 ta qonun loyihasi körib çiqilib, senatorlar tomonidan qizğin muhokama qilindi.
11-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Senatning mazkur yalpi majlisida körib çiqilgan masalalar, muhokama qilingan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş böyiça yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi, senator Boriy Alixanov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim örinbosarlari hamda tegişli korxona va taşkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi.
Dastalab, senator Boriy Alixanov yalpi majlis davomida körib çiqilgan masalalar yuzasidan maʼruza qildi. Senator jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanişi, har qanday global şaroitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini taʼminlaş, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, yoş avlod tarʼlim-tarbiyasiga yanada jiddiy eʼtibor qaratiş muhim vazifalardan sanalişini taʼkidladi.
Şundan söng senator “Davlat qarzi töğrisida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga töxtalib ötdi.
Qayd etilganidek, Qonun bilan davlat qarzi va unga xizmat körsatiş xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining çeklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining davlat qarzini boşqarişdagi vakolatlarni belgilaş közda tutilgan. “Davlat qarzi töğrisida”gi axborotning oçiqligi va va şaffofligini taʼminlaşga qaratilgan Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.
Yiğiliş davomida senator “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonunning mazmun mohiyati haqida ham batafsil tuşuntiriş berib ötdi.
Qonunda Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi, “Içki işlar organlari töğrisida”gi va “Maʼmuriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi qonunlariga hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan.
Yiğiliş qatnaşçilari kun tartibida körib çiqilgan masalalar yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdi. Şuningdek, özlarini qiziqtirgan savollar bilan senatorga murojaat qilib, tegişliça javoblar oldi.
Şu örinda aytiş kerakki, Oliy Majlis Senatining yigirma töqqizinçi yalpi majlisida körib çiqilgan qonun loyihalarining huquqiy asosini takomillaştirişga oid bir qator masalalar bilan keng jamoatçilik vakillarini taniştiriş hamda ularning fikrlarini örganiş jamiyatmizdagi har bir fuqaroning mamlakatimizda röy berayotgan muhim siyosiy jarayonlarga öz munosabatini bildirib, faol iştirok etişida muhim omil bölib xizmat qilayotir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶