“BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI”NING IKKINÇI MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK YuZASIDAN ÖQUV-SEMINAR ÖTKAZILDI
Sönggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, şu orqali ösib kelayotgan yoş avlodni barkamol qilib voyaga yetkaziş, yot ğoyalardan, zararli illatlardan asraşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning “Mahallalarda yoşlarni ommaviy sportga jalb qilişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş borasida ötkazilgan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ham şu maqsadga qaratilgan edi.
Özbekiston Respublikasi Sportni rivojlantiriş vazirligi, Yoşlar işlari agentligi va bir qança hamkor taşkilotlar bilan birgalikda ötkazilgan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport öyinlari tumanimizda ham köpgina iqtidorli sportçilarni aniqlaş, ularning iqtidorini rağbatlantiriş imkonini berdi.
Sportning 9 ta turi böyiça ötkazilgan uşbu musobaqalarning birinçi mavsumi yakuniga yetib, ğoliblar munosib rağbatlantirilgani barça iştirokçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi. Ahamiyatli jihati, uşbu musobaqalarning respublika bosqiçi ğoliblarining mahallalariga 3 ta turdagi sport maydonçalari qurib berilişi belgilangan.
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining ikkinçi mavsumi şu yilning avgust-sentyabr oylarida ötkaziladi. 17-avgust kuni uşbu masʼuliyatli mavsumda musobaqalarni uyuşqoqlik bilan namunali tarzda ötkaziş yuzasidan Amudaryo tumanida öquv-seminar bölib ötdi.
Tuman Sportni rivojlantiriş bölimi va hamkor taşkilotlar tomonidan taşkillaştirilgan öquv-seminarga soha masʼullari, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, Bolalar-ösmirlar sport maktablari rahbarlari, trenerlari tumandagi mavjud maktablarning jismoniy tarbiya fani öqituvçilari, mavjud 49 ta ovul, mahallalarga biriktirilgan trenerlar, ovul, mahallalar yoşlar yetakçilari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman Sportni rivojlantiriş bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev “Beş taşabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumiga tayyorgarlik köriş, uni namunali tarzda ötkaziş borasidagi vazifalarga keng töxtaldi va iştirokçilarni musobaqa nizomi bilan taniştirdi.
Maʼruzaçi uşbu musobaqalar 5 ta bosqiçda: mahalla – sektor – tuman – hudud – respublika miqyosida ötkazilişi, ğoliblar dekabr oyida “Yoşlar forumi” doirasidagi tadbirlarda taqdirlanişi belgilanganini maʼlum qildi.
Tadbirda uşbu mavsumda ham yoşlarning muvaffaqiyatli iştirok etişiga erişiş uçun masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Aytiş joizki “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining ötgan mavsumida amudaryolik yoşlar köpgina yutuqlarni qölga kiritib, tumanimiz sport şarafini yuksaltirgan etdilar. Uşbu musobaqalarning ikkinçi mavsumida ham ulardan yorqin ğalabalar kutib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶