MAKTABGAÇA TAʼLIM BÖLIMIDA ANʼANAVIY AVGUST KONFERENTsIYaSI BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tumani Maktabgaça taʼlim bölimida 2022-2023 öquv yili boşlanişi oldidan anʼanaviy avgust konferentsiyasi ötkazildi.
22-avgust kuni “Maktabgaça taʼlim sifati: hozirgi holat va kelajakdagi vazifalar” mavzusida bölib ötgan konferentsiyada tuman Maktabgaça taʼlim bölimi masʼullari, hududdagi davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari, tarbiyaçi-pedagoglar va boşqalar iştirok etişdi.
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining şu yil 3-avgustdagi “Maktabgaça taʼlim sifati: hozirgi holati va kelajakdagi vazifalari” nomli dasturiy avgust konferentsiyasini ötkaziş haqida”gi böyruği va Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining tegişli topşiriği ijrosini taʼminlaş maqsadida ötkazilgan mazkur konferentsiya kun tartibiga dastlab “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida davlat tilida iş yuritiş va maʼnaviy-maʼrifiy işlarni taşkillaştiriş” masalasi qöyildi.
Kun tartibidagi uşbu masala yuzasidan 40-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Şarifa Seytova sözga çiqib, maʼruza qildi. U mamlakatimizda davlat tili hisoblangan özbek tili tarixi haqida keng töxtalib, mustaqillikdan söng, qonunan mustahkamlangani, unga bölgan munosabat xususida söz yuritdi. Davlat tilining siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda maʼlum bir davlatda integratsiya vazifasini amalga oşirişini, şuningdek har bir davlatning ramzi sanalişini eʼtirof etib ötdi. Şuningdek, kiçkintoylarni öz tilimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, töğri yoziş va öqişni örgatişga alohida eʼtibor qaratiş lozimligini taʼkidladi.
Şundan söng anjuman kun tartibiga qöyilgan pedagog kadrlar tarkibining sifati va ularni kasbiy rivojlantirişga doir masalalar yuzasidan tuman Maktabgaça taʼlim bölimi, Taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlaş va metodik xizmatni taşkil etiş şöʼbasi mudiri Nafisa Örazmetovaning maʼruzasi tinglandi.
Konferentsiya davomida “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida öquv-metodik va didaktik materiallardan samarali foydalaniş” mavzusida 1-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Şoira Rajabova, “Ilk qadam” davlat öquv dasturi takomillaştirilgan variantining mazmuni” mavzusida 5-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti metodisti Gulçehra Yöldoşeva, “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida amaliyotçi psixologlar işlarinining samaradorligini oşiriş” mavzusida 43-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti metodisti Nargiza Tajimurodova hamda “Ilm yöli” variativ dasturi va unga kirgizilgan yangiliklar” mavzusida 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti metodisti Salomat Törayevalarning maʼruzalari tinglandi.
Anʼanaviy avgust konferentsiyasida iştirok etgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom ovqatlanişni taʼminlaş bölimi mudiri Nurjamal Qurbonova ham sözga çiqib, Özbekiston Respublikasining 2019-yil 14-dekabrdagi “Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tuşuntirib ötdi.
Şuningdek, soğlom va töğri ovqatlaniş tartibi, mazkur tartibni maktabgaça taʼlim taşkilotlarida muntazam ravişda amal qilinişini taʼminlaş kabi masalalar böyiça ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Konferentsiyada joriy yil davomidagi taʼlim-tarbiya borasidagi amalga oşiriliş lozim bölgan vazifalar ham tahlil qilindi va muhim topşiriqlar belgilab olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶