28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:01
Jamiyat 👁 274

YaNGI INShOOT TIBBIY XIZMAT SIFATINI YuQORI BOSQIChGA OLIB ChIQIShGA XIZMAT QILADI

YaNGI INShOOT TIBBIY XIZMAT SIFATINI  YuQORI BOSQIChGA OLIB ChIQIShGA XIZMAT QILADI

Yurtimizda soʻnggi yillarda tibbiyot sohasini rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga alohida ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, “Ona va bola sogʻligʻiga eʼtibor – jamiyatga, kelajakka eʼtibor” tamoyili asosida tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda aytish joizki, tumanimizda ham tibbiyot sohasidagi ezgu ishlarning koʻlami kengaymoqda. Hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi tugʻruq majmuasining bunyod etilayotgani, qad rostlayotgani ham buning yaqqol ifodasidir. 

Ayni paytda aholiga xizmat koʻrsatilayotgan tuman Tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksi 95-oʻringa moʻljallangan boʻlib, shundan tugʻruq boʻlimi 60-oʻrin, homiladorlar patologiyasi boʻlimi  35-oʻrindan iborat. Muassasada 5 ta tugʻruq zali, 2 ta operatsiya xonasi mavjud.  Har bir palata 4-oʻringa moʻljallangan. Lekin amaldagi tegishli sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga asosan esa  har bir palataga 2 nafardan ayol joylashtirilishi kerak. Alohida bogʻlov xonasi, muolaja xonasi, koʻrik xonalari  uchun ham joy yetishmaydi.

Tugʻruq boʻlimi va homiladorlar patologiyasi boʻlimi alohida, moslashtirilgan binolarga joylashgan boʻlib, bu oʻz navbatida homilador ayollarga  koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va koʻlamiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chaqaloqlar uchun intensiv terapiya xonalari maydon jihatidan talabga javob bermaydi. Bundan tashqari, qabul boʻlimida alohida kirish-chiqish uchun qulaylik yoʻq.

Oʻtgan asrning 73-yillarida qurilgan tuman Markaziy shifoxonasining tugʻruq kompleksi binosi 2012-yilda moslashtirilib kapital taʼmirlangan boʻlib, markazlashgan kanalizatsiya tizimi ham mavjud emas. Tuman Tibbiyot birlashmasida tugʻruqxona kompleksi binosining eskirganligi, amaldagi sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob bermasligi, aholi va tugʻruqlar sonining tabiiy koʻpayishi hisobga olinib, yangidan zamon talablariga mos tugʻruqxona kompleksi qurilishi zarurligi boʻyicha taklif Prezidentimizga Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida yetkazilgan edi. Bu taklif eʼtiborga olinib, tegishli dasturga kiritildi.

Shundan soʻng, Tibbiyot birlashmasida yangi – qiymati 14,4 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 90-oʻrinli 4 qavatli tugʻruq kompleksi zamonaviy loyihasi tasdiqlandi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi vaqtda davom etayotgan qurilish ishlari “Temir beton” MChJ tomonidan  olib borilmoqda. Ushbu obʼekt uchun 14,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratib berilgani, zamonaviy koʻrinishdagi binoni qurish ishlari boshlangani reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan  tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish masalalariga davlatimiz rahbarining alohida eʼtibori natijasidir.

Yangi loyiha asosida qurilayotgan mazkur zamonaviy imoratdagi isitish va sovutish tarmoqlari ilgʻor texnologiyalar asosida takomillashtiriladi. Katta hajmda olib borilayotgan qurilish ishlari natijasida barcha shart-sharoitlar yaratilgan bino qad rostlaydi. Shu bilan birga ushbu yangi muassasa eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, homiladorlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ertamiz egalarining sogʻlom tugʻilishiga sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu ezgu ish tumanda tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026