Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning tuman ahliga bayram tabrigi
Aziz yurtdoşlar!
Bugun yurtimiz böylab eng uluğ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi keng nişonlanmoqda. Barçangizni, Sizlarning timsolingizda tumanimiz ahlini, butun xalqimizni mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklayman!
Milliy davlatçiligimiz tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, ota-bobolarimiz azaldan mustaqillik uçun kuraşib, öz yurtiga, öz yeriga özi egalik qilişni asrlar davomida orzu qilib kelganlar. Xalqimizning neça-neça mard öğlonlari öz yurtini himoya qilib, bosqinçilarga qarşi mardona kuraşganlar.
Bundan 31-yil oldin – 1991-yil 1-sentyabr kuni ota-bobolarimizning asrlar davomida qilgan orzulari uşalib, dunyo xaritasida Özbekiston degan mustaqil davlat paydo böldi. Bugun ozod va obod Vatanda baxtiyor va farovon yaşayotgan har bir yurtdoşimiz mustaqillik uçun jonini bergan, Vatan ozodligi yölida şahid ketgan ota-bobolarimizning xotirasini heç qaçon unutmasligi kerak.
Bugun dunyoning turli burçaklarida, atrofimizda sodir bölayotgan turli uruş va nizolar, qarama-qarşiliklar va kelişmovçiliklar barçamizni yanada ogoh va xuşyor bölib, mustaqilligimizni, davlatimizning hududiy yaxlitligini köz qoraçiğiday asraşga undamoqda.
Sababi, aynan mustaqilligimiz şarofati bilan Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib örin egallab, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini quriş imkoniga ega böldik.
Muhtaram Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan oqilona içki va taşqi siyosat natijasida mamlakatimiz dunyo davlatlari orasida öz nufuziga ega bölib, xalqimiz tinç va farovon yaşamoqda. Barça sohalarda amalga oşirilayotgan tub islohotlar natijasida şahar va qişloqlarimiz kundan kunga obod bölib, xalqimizning hayot sifati yangi bosqiçga kötarilmoqda.
2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida “Inson qadri uçun” degan tamoyil asosida xalqimizning turmuş farovonligini yanada oşiriş, iqtisodiyotni va tadbirkorlikni jadal rivojlantirişga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida oladigan bölsak, sönggi 6-yil davomida tadbirkorlik subʼektlari soni 2 barobarga ortdi, 4,5 mingta investitsiya loyihalari işga tuşirildi. Içimlik suvi taʼminoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgaça taʼlim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boşiga 2 barobarga oşdi.
Prezidentimizning yaqindagina Qoraqalpoğistonga qilgan taşrifi davomida aholi va tadbirkorlar uçun köplab imtiyozlar joriy qilindi. Faqat Qoraqalpoğiston uçun foyda soliği, aylanma soliq, mol-mulk va yer soliği stavkalari 2 barobar kamaytirilib, paxta va ğalla maydonlarini qisqartiriş evaziga har bir oilaga 2 gektardan yer ajratiş, yöllarni taʼmirlaş, elektr, gaz va suv taʼminotini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi.
Tumanimizda ham keyingi yillarda barça sohalarda ulkan natijalarga erişilmoqda. Birgina joriy yilning ötgan 6 oyi davomida salkam 300 mlrd. sömlik sanoat mahsulotlari, 86 mlrd. sömlik xalq isteʼmol tovarlari, 620 mlrd. sömlik qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarilib, investitsiyalar hajmi salkam 250 mlrd. sömga yetdi.
“Obod qişloq” dasturi doirasida Ayoqçi mahallasi va Tölqin ovulida 27,3 mlrd sömlik mablağ evaziga yirik quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili deb belgilangan joriy yilda xalqimiz turmuş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş, mahallani islohotlar markaziga aylantiriş, bir söz bilan aytganda, xalqimizni hayotdan rozi qiliş yölida juda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Aziz yurtdoşlar!
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan bu kabi özgariş va yangilanişlarning asosi – mustaqillik deya atalmiş buyuk neʼmatdir.
Mamlakatimiz bundan 31-yil avval öz erkini qölga kiritib, öz taqdiri özi belgilaş, taraqqiyot yölini özi tanlaş imkoniga ega böldi.
Bugun yurtimizning har bir qişloq va mahallasida “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” degan ğoya asosida mustaqilligimizning 31 yillik bayrami keng nişonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizni mustaqillik bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Ozod va obod Vatanimiz hamişa tinç, bağrikeng va mehnatkaş xalqimiz doimo soğ-omon bölsin!
Mustaqilligimiz abadiy bölsin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶