El aziz, inson aziz – Yangi Özbekistonda!
Örin topib şiddatkor, bu dolğali zamonda,
Mağrib-u maşriq taraf, olamda – tört tomonda,
Kuraş, boks, şaxmatda – sport, ilm-u irfonda,
Sanʼat-u madaniyat ham eʼtiqod, imonda,
Yaşaylik şodu-xurram, salomat, tinç-omonda,
El aziz, inson aziz – Yangi Özbekistonda!
Eʼtiborda Ustyurt-u sahrolar, Orol, Möynoq,
Obod vodiy, serhosil vohalar, daryo, köl, toğ,
Qayga borsa, örni tör, mehmonga oçiq quçoq,
Qoraqalpoq, özbeg-u turkman – bari ittifoq,
Ehtirom, mehr etib oşkor dilda, zabonda,
El aziz, inson aziz – Yangi Özbekistonda!
Istiqlol – şonli bayram, kuylansin navolarda,
Töldirib köksimizni musaffo havolarda,
Duşmanlar kuysin közi, biz ğolib sohalarda,
Keksalarga hurmat-u, yoşlarga baholarda,
Haqlimiz yaşamoqda şod-xurram, tinç-omonda,
El aziz, inson aziz – Yangi Özbekistonda!
Eʼtiborda, qadrda har iş-u sözimiz ham,
Qilinmoqda yangiça tahrir Qomusimiz ham,
Hifzu-himoyadadir or-u nomusimiz ham,
Össin Vatanga loyiq har öğil, qizimiz ham,
Uçinçi renessans tan olingay jahonda,
El aziz, inson aziz – Yangi Özbekistonda!
Tursunboy Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶