Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi iş boşladi
Bu galgi yangi öquv yilining ilk kunida Amudaryo tumanida yana bir quvonçli voqea – Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Uşbu taʼlim maskanining oçiliş marsimida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev qatnaşdi va nutq sözladi. Tuman hokimi uşbu quvonçli voqea bilan ixtisoslaştirilgan maktab maʼmuriyatini, öqituvçilar jamoasini, bu dargohga ilk bor qabul qilingan barça öquvçilarni va butun tumanimiz ahlini samimiy tabrikladi.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, uşbu binodan şu vaqtga qadar köplab iqtidorli öquvçilar uçirma böldi. Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi sobiq Amudaryo akademik litseyini yuzlab bilimli yoşlar tamomlab, oliy öquv yurtlarida tahsil olib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqdalar. Keyinçalik akademik litsey negizida taşkil qilingan ixtisoslaştirilgan maktab-internati jamoasi ham katta natijalarni qölga kiritdi.
Endilikda muhtaram Prezidentimizning taʼlim sohasiga qaratayotgan eʼtibori natijasida uşbu yuquv yurti Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabiga aylantirildi.
Tadbirda taʼlim faxriysi Şavkat Çarşamov sözga çiqib, yangi öquv maskaniga ilk bora qadam qöygan barça öqituvçi-yu, öquvçilarni “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Taʼlim faxriysi bugungi kunda sohaga qaratilayotgan eʼtibor, özlari taʼlim olgan davrdagi qiyinçiliklar, paxta dalalarida ötgan kunlar haqida gapirib, yoşlarni yaratilayotgan imkoniyat va şaroitlarning qadriga yetib, qunt bilan öqib, bilim olişga çorladi.
Tadbir davomida mazkur taʼlim maskanining 10-“A” sinfiga eng yuqori körsatkiç bilan qabul qilingan, ingliz, rus tillarida heç qanday qiyinçiliklarsiz sözlaşa oladigan iqtidorli öquvçi Otabek Yangiboyev tengdoşlarini rus va ingliz tillarida tabrikladi.
Ixtisoslaştirilgan maktabga pedagoglar hamda öquvçilar adolatli va şaffof tizim asosida tanlab olindi. 80 dan ortiq maktab öquvçilari orasidan test sinovlari natijalariga köra saralab olingan öquvçilar bugun uşbu maskanda ilk marotaba darslarni boşlaşadi. Uşbu taʼlim maskanida aniq va tabiiy yönalişda 16-sinfda 384 nafar öquvçi taʼlim oladi. Ularga oliy toifali, yuqori malakali 34 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berişadi.
10- va 11-sinf öquvçilari kelgusida tumanimizda joylaşgan işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalarida amaliy maşğulotlar ötaşi ularning malakali kadrlar bölib yetişişiga zamin yaratadi.
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangidan taşkil qilingan Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabining öqituvçilari va öquvçilariga boşlanayotgan yangi öquv yili omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶