Bosuv mahallasida tuman hokimining yoşlar bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi
8-sentyabr kuni Bosuv mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 26-sonli umumtaʼlim maktabi binosida navbatdagi “Hokim va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, tegişli taşkilot masʼullari hamda mahallaning 40 dan ziyod faol yoşlari iştirok etişdi.
Uçraşuvda dastlab tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yoşlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 31-avgust kuni imzolangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonning mazmun-mohiyati haqida tuşintirişlar berdi.
Farmonning yoşlarga oid bandi, yaʼni 2022-2023 öquv yili uçun Qoraqalpoğiston Respublikasida umumiy örta, örta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi öquv yillari uçun esa har yili 1-sentyabrga qadar 6 500 nafar yoşlarning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qöşimça qabul parametrlari asosida öqişga qabul qilinişi Qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun katta imkoniyat ekanligini taʼkidladi.
Şundan söng tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov yoşlarga yaratilayotgan şaroitlar, imkoniyatlar haqida gapirib, köproq ilm olişga, hunar örganişga çaqirdi. Uçraşuvda mahallaning yoşlar yetakçisi faoliyatining natijadorligiga ham eʼtibor qaratildi.
Tuman hokimining yoşlar bilan bölib ötgan samimiy va oçiq muloqoti yoşlarga özgaça kuç va ğayrat bağişladi. Uçraşuvda yoşlardan kontrakt tölovining qoplab berilişi, tadbirkorlik uçun obʼekt berilişi va tabiiy gaz bilan boğliq masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşdi.
Murojaatlarning 1 tasiga şu yerning özida tuşuntiriş berilib, 2 tasi böyiça örganiş işlarini olib boriş hamda hal etiş Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailovning zimmasiga yuklatildi.
Bugun yurtimizda unib-ösayotgan har bir yoş avlod Özbekistonning porloq kelajagidir. Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va faravon hayotimiz xam, Özbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatida qanday örin egallaşi ham avvalambor yoş avlod, unib-ösib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bölib voyaga yetişiga boğliqdir.
Şunday ekan, ularni qöllab-quvvatlaş, qobiliyatlarini röyobga çiqariş, bugungi kunning muhim va dolzarb vazifasidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶