MAKTAB DIREKTORLARI UÇUN HUQUQIY TARĞIBOT TADBIRI TAŞKIL ETILDI
Prezidentimizning 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida Adliya bölimlarining asosiy vazifalaridan biri − qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş, “respublika-viloyat-tuman-mahalla” printsipi böyiça huquqiy-tarğibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlari bilan birgalikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş ekanligi belgilab qöyilgan.
Şunga muvofiq Amudaryo tumani Adliya bölimi tomonidan tumandagi davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorlikda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, yangidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkaziş, ularning huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida tarğibot tadbirlari ötkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktabda Qoraqalpoğiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimi Davron Bozorboyev hamda tuman Adliya bölimi masʼullari tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari direktorlari bilan uçraşuv ötkazdilar.
Uçraşuvda maktab direktorlari yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgartirişlar, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan taniştirildi. Şu bilan birga, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatining samarali amalga oşirilişini taʼminlaş hamda korruptsiya körinişlarining sabablarini bartaraf etiş böyiça yangi tizimli çoralar körilayotganligi taʼkidlandi.
Sözga çiqqan masʼullar mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilişi, jamiyatning maʼnaviy yangilanişi, jahon hamjamiyatiga qöşilişini taʼminlaydigan huquqiy demokratik davlat va oçiq fuqarolik jamiyati barpo etilayotgani, bu jarayonda esa jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş talab etilişini alohida eʼtirof etib ötişdi.
Şundan söng Prezidentimizning 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini işonçli himoya qiliş, mulkiy munosabatlarga asossiz aralaşuvga yöl qöymaslik, xususiy mulkning kapitallaşuv darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonlarining mazmun-mohiyati böyiça batafsil tuşunçalar berib ötildi.
Uşbu Farmonning köplab yangi imtiyozlarga yöl oçayotgani töğrisida söz yuritilib, endilikda qoraqalpoğistonlik pensionerlarga samolyot va poyezd çiptalari – 50 foiz çegirmada berilişi, kam taʼminlangan oilalarga 600 ming sömdan bir martalik yordam pullari tarqatilişi, kelasi öquv yilidan yoşlar uçun qöşimça qabul kvotalari joriy etilişi, soliq imtiyozlari, tadbirkorlarga va boşqalarga ajratiladigan yangi kreditlar va şu kabi yaratilayotgan qator imkoniyatlar xususida maʼlumotlar berildi.
Tadbir iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib tegişliça javoblar olişdi.
Jamşid Bekimbetov, tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶