“UMID NIHOLLARI-2022” SPORT MUSOBAQASINING QORAQALPOĞISTON BOSQIÇIDA AMUDARYoLIK SPORTÇILAR JAMOASI 2-ÖRIN SOHIBI BÖLIŞDI
“Umid nihollari-2022” sport musobaqasining Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçi bölib ötdi. Unda yoş sportçilar futbol, basketbol, gandbol, voleybol, badminton, yengil atletika, stol tennis, şaxmat, kuraş, sport gimnastika, badiiy gimnastika kabi 11 ta sport turi böyiça ğoliblik uçun kuç sinaşişdi.
2022-yil 13-15-aprel kunlari Nukus şahrida bölib ötgan mazkur musobaqalarda barça tumanlardan kelgan sportçilar qatori amudaryoliklar ham faol iştirok etib, ğoliblik şohsupasini egallaşga intilişdi.
Sportning basketbol turi böyiça – ösmirlar örtasida 33-,52-sonli maktablarning terma jamoasi ösmirlar örtasida faxrli I-örinni, qizlar örtasida 19-,32-,53-sonli maktablarning terma jamoasi faxrli III-örinni, gandbol böyiça – qizlar örtasida 41-sonli maktab jamoasi faxrli II-örinni, sport gimnastika turi böyiça – 20-sonli maktab öquvçilari Dilnura Davlatboyeva va Barçinoy Baxtiyarovalar faxrli III-örinni egallaşdi.
Yengil atlektika böyiça 100 metrga yugurişdan – ösmirlar örtasida 1-maktab öquvçisi Sardor Rahimov faxrli I-örinni, 200 metrga yugurişdan – qizlar örtasida – 19-maktab öquvçisi Gulbonu Örinboyeva faxrli II-örinni, 400 metrga yugurişdan – qizlar örtasida 19-sonli maktab öquvçisi Gulbonu Örinboyeva faxrli III-örinni, 800 metrga yugurişdan qizlar örtasida – 35-sonli maktabdan Dinora Matyakubova faxrli II-örinni, uzunlikka sakraş böyiça qizlar örtasida – 50-sonli maktabdan Dilfuza Matmurodova faxrli II-örinni, 4x100 estafeta böyiça – 35-sonli maktab öquvçisi Zebo Davlatboyeva, 19-sonli maktab öquvçisi Gulbonu Örinboyeva, 50-sonli maktab öquvçisi Dilfuza Matmurodova, 25-sonli maktabdan Tillo Şomurodovalar faxrli II-örinni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi.
Şuningdek, sportning kuraş turi böyiça 7-8-sinf öquvçilar örtasida 38 kg. vazn toifasida 31-sonli maktabdan Xalil Ozodov faxrli III-örinni, 42 kg. vazn toifasida 75-sonli maktabdan Komron Allaniyozov faxrli III-örinni, 9-11-sinf öquvçilar örtasida esa 50 kg. vazn toifasida 64-sonli maktab öquvçisi Botir Saʼdullayev faxrli III-örinni, 65 kg. vazn toifasida 29-sonli maktab öquvçisi Javohir Xudoyberganov faxrli I-örinni, +70 kg. vazn toifasida ham 29-maktab öquvçisi Samandar Jölliboyev faxrli III-örinni egalladilar va umumjamoa hisobida V-örindan joy olişdi.
Undan taşqari, sportning şaxmat turi böyiça 13 yoşgaça bölgan qizlar örtasida 69-sonli maktab öquvçisi Xolida Otajonova faxrli III-örinni, 15 yoşgaça bölgan qizlar örtasida 56-sonli maktab öquvçisi Umida Töliboyeva faxrli II-örinni, 17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida 46-sonli maktab öquvçisi Azizbek Rajabovlar faxrli II-örinni egalladilar.
“Umid nihollari-2022” sport musobaqasining Qoraqalpoğiston final bosqiçida Amudaryo tumani sportçi-yoşlari 14 ta oltin, 21 ta kumuş va 20 ta bronza medal, jami 55 ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli II-örin ğoliblari bölişdi.
Maʼlumot uçun: “Umid nihollari-2018” sport musobaqasida amudaryolik yoş sportçilar 3-örinni egallagan edi. Pandemiya sababli joriy yilda bölib ötgan “Umid nihollari-2022” musobaqasida esa umumiy hisobda 2-örin ğolibligini qölga kiritişdi.
Musobaqada ğolib va sovrindor bölgan har bir I-örin ğolibi noutbuk, II-örin ğolibi televizor, III-örin ğolibi velosoped, har bir iştirok etgan öquvçi sport kiyimlar töplami bilan taqdirlandilar. Uşbu musobaqada sovrindor bölgan öquvçilarga taʼlim berayotgan 7 nafar jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga ham sport kiyimlar töplami va sport sumkasi berildi.
N.Abdullayev, Özbekiston “Yoşlik” JTSJning tuman hududiy bölinmasi raisi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶