TOŞ YoP OVULI AHOLISI ÇUQURLAŞTIRILGAN TIBBIY KÖRIKDAN ÖTKAZILDI
Aholi soğligini mustahkamlaş, kelib çiqişi mumkin bölgan kasalliklarni erta aniqlaş va oldini oliş, salomatlikni doimiy nazoratdan ötkaziş kabi maqsadlarda ovul va mahallalarda sayyor tibbiy köriklar taşkil etilmoqda. Qolaversa, bunday tadbirlar davomida fuqarolarning tibbiy madaniyati oşirilib, ular örtasida soğlom turmuş tarzi tamoyillari keng tarğib qilinmoqda.
19-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Toş yop ovulida ham tuman davlat Soliq inspektsiyasi boşliği, 4-sektor rahbari taşabbusi bilan hudud aholisi uçun çuqurlaştirilgan tibbiy körik taşkil etildi. Tibbiy körikka tuman Tibbiyot birlaşmasining tibbiy xodimlari, köp tarmoqli poliklinikaning tor doiradagi mutaxassislari jalb qilindi.
Toş yop ovuli hududida 596 ta xonadonda 3505 nafar aholi istiqomat qiladi. Şu kuni hududdagi “Temir daftar”, “Yoşlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilganlar, nogironlar, dispanser nazoratida turgan surunkali kasallik bilan röyxatda turuvçilarni tibbiy körikdan ötkazişga alohida eʼtibor qaratildi.
Körik davomida aholining 125 nafari UZI, EKG uskunalari, 132 nafari klinik laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilib, natijalari maʼlum qilindi. Undan taşqari, 3 ta xonadondagi 4-guruhga mansub uyda yotib qolgan, nogironligi bor şaxslarning uylariga tor doiradagi mutaxassislar va 4-sektor aʼzolari taşrif buyurib, holidan xabar oldilar va bemorlar tibbiy körikdan ötkazildi.
Tibbiy köriklar natijasida bemorlarning 2 nafariga birlaşma şifokorlarining jarrohlik böyiça maslahati berildi, 95 nafar 3-guruhga mansub “D” nazoratda turgan bemorlarga ambulator davo muolajalari berilib, oilaviy poliklinika hisobidan dori-darmonlar bilan taminlandi. Şuningdek, 5 nafar bemor soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlaniş tartibi böyiça keng tuşunçalarga ega bölişdi.
Körik natijalariga köra qandli diabet kasalligiga gumon qilingan 1 nafar bemorga endokrinolog şifokor tavsiyalari berildi, yurak qon-tomir kasalligi bölgan 15 nafar bemorga, teri-tanosil kasalliklari bölgan 1 nafar, lor kasalliklari bölgan 1 nafar bemorga ambulator şaroitda davolaniş buyurildi. Undan taşqari, miopiya kasalligiga çalingan 5 nafar bemorga mos közoynaklar tavsiya qilindi. Turli xil kasalliklar aniqlangan 102 nafar bemorga ambulator muolajalar berildi.
Tibbiy körik davomida 70 yoşdan oşgan 74 nafar nuroniylarga “Kaltsiy D-3” tabletkasi, tuğiş yoşidagi 927 nafar ayollarga foliy kislotasi tarqatildi. Şu bilan birga tibbiy körikka jalb qilingan aholiga tuman Tibbiyot birlaşmasining Salomatlik bölimi şifokorlari tomonidan şaxsiy gigiyenaga rioya qiliş va soğlom turmuş tarzi, jismoniy faollik, töğri ovqatlaniş tamoyillari töğrisida suhbatlar ötkazildi hamda mavzuga oid bukletlar tarqatildi.
Toş yop ovulida 4-sektor taşabbusi bilan tuman Tibbiyot birlaşmasi tibbiyot xodimlari iştirokida taşkil etilgan tibbiy körikdan hudud aholisi juda mamnun bölişdi. Salomatliklarini nazorat qilib, kasalliklarning oldini olişga imkoniyat yaratib bergan taşabbuskorlarga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
Bu kabi tadbirlar aholi orasida uçraydigan kasalliklarni erta aniqlaşga, asoratsiz davolaşga va xalqimiz soğligini saqlaşga yordam beradi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶