ENG KITOBXON YoŞLAR SARALANDI
Kitob – eng yaxşi tarbiya vositasidir. Şu boisdan ham dunyoning turli burçaklarida notinçliklar, uruş-nizolar davom etayotgan hozirgiday bir vaziyatda mamlakatimiz ösmir-yoşlarining böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni yot ğoyalar taʼsiridan asraş maqsadida kitob öqişga bölgan qiziqiş va intilişlarini qöllab-quvvatlaşga, rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida ötkazilayotgan “Yoş kitobxon” tanlovi ham şular jumlasidandir.
“Beş taşabbus olimpiadasi”ning ikkinçi mavsumi doirasida “Yoş kitobxon” tanlovini ötkazişdan közlangan maqsad ham aynan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini çuqur örganişni tarğib etiş, yoşlarimizni özlikni anglaş, buyuk bobokalonlarimizning ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini çuqur örganişga çorlaş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalaştirişga qaratilgan.
Şu yilning 20-22-sentyabr kunlarida Amudaryo tumanida bölib ötgan tanlovning mahalla bosqiçida iştirokçilar sonining avvalgi mavsumga nisbatan köpligi, iştirokçilarning berilgan savollarga batafsil va aniq javob berişga intilişi “Yoş kitobxon” tanlovining nufuzi ortib, tobora ommalaşayotganini va iştirokçilarning ğoliblik uçun çinakam intilayotganini körsatdi.
20-sentyabr kuni Manğitdagi ixtisoslaştirilgan maktabda Yangiobod, Döstlik, Farovon mahallalari yoşlari iştirok etgan tanlovning ilk bosqiçida ularning özbek mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda hozirgi davr taniqli adiblarining asarlari, jahon adabiyoti nodir asarlari yuzasidan berilgan savollarga yaxşi javob berganliklari, asarlarni mohirona tahlil qilganliklari uşbu asarlarni mutolaa qilib, tasvirlangan voqealardan özlariga kerakli xulosalarni çiqara olişganidan dalolat beradi.
Tanlovda 10-14, 15-19 va 20-30 yoşlar toifalari uçun alohida, alohida savollar tayyorlangani iştirokçilar uçun qulaylik yaratadi. Kitobxonlik bellaşuvi “Beş taşabbus olimpiadasi”ning boşqa turlari singari beşta - mahalla-sektor-tuman-hududiy va respublika bosqiçlarida ötkaziladi.
Şunga köra, tanlovning innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ötkazilgan mahalla bosqiçida iştirok etgan 49 ta ovul va mahallalarning 2500 nafardan ziyod yoşlari orasida ğoliblikni qölga kiritgan 248 nafari sektor bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdilar.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tanlovni ötkazişga puxta hozirliklar kördi. Har bir hududdagi maktablarda tanlovni ötkaziş uçun munosib şaroitlar yaratildi, bellaşuvning şaffof, odilona ötişi taʼminlandi.
Endi uşbu bosqiç ğoliblari tanlovning keyingi – sektor bosqiçida ham muvaffaqiyatli iştirok etiş uçun intiladilar. Har bir yoş toifasi mamlakat bosqiçi ğoliblari Prezidentimizning sovğasi – “Spark” avtomobilini qölga kiritadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶