Amudaryo tumaniga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi raisi Zulayho Mahkamova taşrif buyurdi
28-sentyabr kuni Amudaryo tumaniga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi raisi Zulayho Mahkamova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari − Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedovalar taşrif buyurişdi.
Taşrif davomida mehmonlar Çoyköl ovulidagi “Polvonovul” fermer xöjaligida bölişib, xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar harakati” aʼzolari bilan uçraşib suhbatlaşişdi.
Suhbat davomida mahalla va oilada ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, notinç, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan işlaş, hamda ayollar örtasida jinoyatçilikni oliş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalarga töxtab ötildi.
Şuningdek, “Oqila ayollar” harakati aʼzolariga yollar, ayniqsa, yoş qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, taşabbuskorlik tuyğularini singdiriş, odobli qiz va maʼrifatli ona bölib şakllanişlari uçun qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça özining köplab tavsiyalarini berib ötdi.
Şundan söng, mehmonlar “Polvonovul” fermer xöjaligining paxta dalalarida mehnat qilayotgan ilğor terimçi ayollar bilan uçraşib, ular uçun dala boşida yaratilgan şart-şaroitlar, tuşlik va çoy taşkil etilgani, terim pullarining öz vaqtida berilayotganiga guvoh böldi. Qolaversa, işsiz ayollarning bandligi taʼminlanib, oilasiga qöşimça daromad kiritayotganini körib mamnun böldi. Ularga davlatimiz iqtisodiyoti hamda farovonligiga qöşayotgan hissalari uçun minnatdorlik bildirdi.
Şundan söng dala boşida oş tortildi. Terimçi ayollar tumanimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan gözal navolarga raqsga tuşişib, madaniy hordiq oldilar. Qolaversa, mehmonlar ilğor terimçilarni qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlab, ularga kuç-ğayrat, mustahkam soğlik tiladi.
Ayollar bu kabi körsatilayotgan eʼtibordan mamnun bölib, mutasaddilarga öz minnatdorligini bildirişdi. Darhaqiqat, jamiyatimizda ayol-qizlarga bölgan eʼtibor ularning yorqin kelajagini taʼminlaş maqsadida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ularni yanada şijoat bilan olğa intilişlariga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar kölami nihoyatda keng bölib, ularning öqib bilim olişi, kasb-hunar egallaşi uçun köplab şaroitlar yaratilgan. Ayol-qizlardan esa faqatgina uşbu imkoniyatlardan samarali foydalaniş talab etiladi xalos.
Taʼkidlaş joiz, buguni kun ayoli bilan bundan 6-yil oldingi ayol-qiz örtasida katta farq bor. Yangilanayogan Özbekistonimizda inson dunyoqaraşi, fikrlaşi ham özgargan. Xalqimiz zamon bilan teng qadam taşlaşga, har bir inson jamiyatda özining munosib örnini topşiga intilmoqda. Inson qadri har narsadan ustun turuvçi yurtimizda har bir ayol-qizga bölajak ona, Vatanimizning porloq kelajagi tarbiyaçisi sifatida qaralib, ular davlatimiz rahbarining doimiy diqqat eʼtiborida.
Çoyköl ovulida bölib ötgan mazkur uçraşuv ham mana şu eʼtiborning bir ifodasidir.
F.Eşimbetova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶