12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:22
Siyosat 👁 455

AMUDARYoDA ÖQITUVÇI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA TADBIR ÖTKAZILDI

AMUDARYoDA ÖQITUVÇI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA TADBIR ÖTKAZILDI

Mavzuga oid fotoreportaj

Dunyoni ziyo nurlari bilan yoritib kelayotgan öqituvçi va murabbiylar katta ehtiromga, eʼtiboru-eʼzozga loyiq bölgan möʼtabar insonlardir. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erişsa, kasbidan kamol topsa, şubhasiz bunda ustozlarning hissasi beqiyos. Şu bois bizga taʼlim-tarbiya bergan, oldida umrbod qarzdor bölgan, abadiy hurmatimizdagi bu fidoyi kasb egalarga minnatdorçiligimiz çeksiz.

Yurtimizda uşbu uluğ insonlarga yuksak ehtirom körsatiş maqsadida har yili 1-oktyabr sanasida Öqituvçi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi. Bayram munosabati bilan Amudaryo tumanida ham katta tadbir ötkazildi.

“Taʼzim sizga, Ustozlar!” deb nomlangan mazkur tadbir 30-sentyabr kuni tuman Madaniyat markazi kontsert zalida bölib ötdi.

Bayram tantanasiga taşrif buyurgan aziz mehmonlar – faxriy ustozlar, umumtaʼlim maktablari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, kasb-hunar taʼlimi, maktabdan taşqari taʼlim muassasalari pedagog-xodimlari, sport murabbiylarini öquvçilar qöllarida gullar bilan qarşi oldilar.

Tadbirga taşrif buyurgan mehmonlar madaniyat uyining kiriş qismidagi kitoblar, turli fotosuratlar, maketlar, öquvçilarning ijodiy işlari, qöl mehnati namunalaridan iborat körgazmalarni tomoşa qildilar va 9-, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilaridan taşkil qilingan orkestr ijrosidagi kuy-qöşiqlarni tingladilar.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, Xalq taʼlimi, Maktabgaça taʼlim bölimlari masʼullari iştirok etib, masʼuliyatli va şarafli kasb egalarini bayram bilan muborakbod etdilar. Butun hayotini yoş avlodga bilim va tarbiya berişga, ularni  milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirişga bağişlagan, Vatanimizning ertangi kunining  poydevorini yaratayotgan uluğ va olijanob kasb egalariga samimiy tilaklar bildirib, sohadagi yutuqlar tilga olib ötildi.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda sönggi yillarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirişga qaratilgan, oilada farzand tuğilganidan boşlab, kamolot yoşiga yetgunga qadar uni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib örin topişiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari bu jarayonda inson kapitaliga eʼtiborni yanada kuçaytiriş, buning uçun barça imkoniyatlarni safarbar etiş borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oşirmoqda.

Bu kabi islohotlar Amudaryo tumanida ham öz aksini topib, ijobiy samaralarini bermoqda. Bunga dalil sifatida sohadagi özgarişlar, yutuqlarni keltirib ötiş mumkin. Tumanda bundan 5-yil oldin 37 ta boğça faoliyat yuritib, bolalarni maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş körsatkiçi 25,7 foizni taşkil etgan bölsa, hozirgi kunda bunday muassasalar soni 123 taga, tizimdagi qamrov darajasi salkam 71 foizga yetdi. Şuningdek, mavjud 85 ta umumiy örta taʼlim maktablarida 38 ming 496 nafar öquvçilar sifatli taʼlim-tarbiya olişmoqda. Öquvçilarga yanada qulay şaroitlar yaratiş maqsadida birgina joriy yilda 55-sonli maktabga 330-örinli, 76-sonli maktabga 360-örinli, 14-, 18-, 36- va 69-sonli maktablarning har biriga 180-örinli qöşimça binolar qurilmoqda.

Prezidentimizning Farmoniga köra bayram arafasida taʼlim-tarbiya tizimida alohida örnak körsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Uşbu Farmonga muvofiq tumanimizdagi 5-sonli umumiy örta taʼlim maktabining frantsuz tili fani öqituvçisi Gulbahor Saidovaning II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan, 39-sonli umumiy örta taʼlim maktabining biologiya fani öqituvçisi Saida Muratboyeva esa “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi”  faxriy unvoni bilan taqdirlangani amudaryolik ustoz va murabbiylarning mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Tabriklardan söng, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda sektorlar rahbarlari taʼlim tizimini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelayotgan fidoyi öqituvçilarga tantanali ravişda Özbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi fidoyisi”, Özbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼloçisi”, Qoraqalpoğiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişonlarini, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorliqlarini hamda taşakkurnomalar, qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdilar.

Tadbir davomida sahnaga örnatilgan katta monitor orqali sohadagi uşbu islohotlarning amaldagi samarasi sifatida tumanimiz umumtaʼlim maktablarida yaratilgan zamonaviy şaroitlar va berilgan imkoniyatlardan foydalanib, maşğulotlar ötayotgan ustozlarning dars jarayonlari, öqituvçi va öquvçilarning turli tadbirlardagi iştiroki tasvirlangan lavhalar namoyiş etib borildi.

Bayram tantanasiga tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur yanada fayz kiritdi. Dastur davomida bayram iştirokçilari tuman Madaniyat bölimi xonandalari, tögaraklar havaskorlari, 9-, 21-sonli musiqa maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari ijrosidagi kuy-qöşiqlarni tinglab, dilrabo raqslarni tomoşa qilib, madaniy hordiq çiqardilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026