28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:59
Siyosat 👁 370

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustoz va muallimlarga bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustoz va muallimlarga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli faxriylar!

Avvalo, Siz, azizlarni, siz orqali taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Ushbu qutlugʻ ayyomda Siz – aziz ustoz va muallimlarga koʻnglimizda, yuragimizda boʻlgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni soʻz bilan ifoda etish qiyin, albatta. Chunki Siz hayot yoʻllarimizni yorituvchi, insoniyatga ilm ziyosini tarqatuvchi moʻʼtabar insonlarsiz. Biz kim boʻlmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, Sizning qarshingizda bosh egib, taʼzim qilamiz!

Qadrli ustozlar va murabbiylar!

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tugʻilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi.

Hurmatli Prezidentimiz bu jarayonda inson kapitaliga eʼtiborni yanada kuchaytirish, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bu kabi islohotlar Amudaryo tumanida ham oʻz aksini topib, ijobiy samaralarini bermoqda.

Masalan, bundan 5-yil oldin tumanda 37 ta bogʻcha faoliyat yuritib, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi 25,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi kunda bunday muassasalar soni 123 taga, tizimdagi qamrov darajasi salkam 71 foizga yetdi.

Tumanimizdagi mavjud 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 38 ming 496 nafar oʻquvchilar sifatli taʼlim-tarbiya olishmoqda. Oʻquvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida birgina joriy yilda 55-sonli maktabga 330-oʻrinli, 76-sonli maktabga 360-oʻrinli, 14-, 18-, 36- va 69-sonli maktablarning har biriga 180-oʻrinli qoʻshimcha binolar qurilmoqda.

Taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtiborning samarasi sifatida yakunlangan oʻquv yilida 11-sinfni bitirgan 2582 nafar oʻquvchidan 2394 nafari oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirib, 571 nafari talaba boʻldi.

Mamlakatimizda Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani taʼlim sohasida muhim yangilik boʻldi. Tumanimizda ham joriy yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi dastlabki oʻquvchilarini oʻz bagʻriga qabul qildi.

Amudaryo muhandislik texnikumi, Mangʻit shahri va Qipchoq shaharchasidagi kasb-hunar maktablari ham samarali faoliyat yuritib, malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari zamon talablariga mos kadrlar yetishtirib chiqarish maqsadida yoshlarimizga kasb-hunar sirlarini puxta oʻrgatmoqdalar.

Oʻquvchilarni maktabdan tashqari toʻgaraklarga jalb qilish, ularning qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish borasida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi ham samarali faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda ushbu maktabning 68 ta toʻgaraklaridagi 139 ta guruhlarga 1668 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan.

Tajribali sport murabbiylari, malakali trenerlardan sport sirlarini oʻrganib, toʻgaraklarga qatnayotgan oʻsmirlar va yoshlarimiz esa bugun ulkan natijalarni qoʻlga kiritib, tumanimiz sharafini yuksaklarga koʻtarmoqda. Eng muhimi, ular mustahkam irodasi va gʻayrat-shijoati bilan yoshlarimiz orasida sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Yurtimizda ustoz va murabbiylarga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibor bugun har qachongidan ham yuksakdir. Oʻqituvchilik kasbining jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ish haqlarini oshirish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqindagina imzolangan Prezidentimizning Farmoniga koʻra bayram arafasida taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ham ustoz va murabbiylarimiz fidoyi mehnatlarining eʼtirofidir. Farmonga muvofiq tumanimizdagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining frantsuz tili fani oʻqituvchisi Gulbahor Saidova II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangani esa amudaryolik ustoz va murabbiylarning mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Fursatdan foydalanib, bayram arafasida Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat mukofotlari, Xalq taʼlimi vazirligining faxriy nishonlari bilan mukofotlangan fidoyi oʻqituvchilarni muborakbod etamiz.

Qadrli ustozlar!

Bizning asosiy maqsadimiz – dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun erkin va farovon hayot qurishdan iborat ekan, bu vazifani sharaf bilan uddalaydigan bilimli va isteʼdodli, hech kimdan kam boʻlmagan navqiron avlodni tarbiyalashda fidoyi oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni alohida.

Shunday ekan, yosh avlodga ilm va fan, kasb hamda hunar sirlarini oʻrgatayotgan, taʼlim va tarbiya berayotgan Siz aziz va qadrli ustozlarni, mehridaryo oʻqituvchilarni, tarbiyachilarni, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, ardoqli murabbiylar hamda sohada uzoq yillar mehnat qiligan faxriylarimizni yana bir bora kasb bayramingiz – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklayman!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hamisha sogʻ-omon boʻling, muhtaram ustozlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026