TIBBIYoT BIRLAŞMASIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş – xalqimizga xos ezgu fazilat” ğoyasi ostida mamlakatimizning barça hududlarida “Keksalar haftaligi” tadbirlari ötkazilmoqda.
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasida ham “Keksalar haftaligi” doirasida şu yil 4-oktyabr kuni Birlaşma boşliği örinbosari Zokir Örozboyev boşçiligida yoş şifokorlar bilan nuroniy şifokorlar uçraşuvi yuqori saviyada taşkil qilindi. Bu kabi tadbirlar keksa avlod vakillariga bölgan ğamxörlik va eʼtiborni kuçaytiriş bölsa, ikkinçidan yoş avlod uçun ulkan tarbiya va tajriba maktabi hamdir.
Tadbirda uzoq yillardan buyon sohada samarali mehnat qilib kelayotgan şifokorlar Farhod Allaberganov, Jumaboy Yavkaşevlar tibbiyot muassasalarida nuroniylarning salomatligini asraş, uzoq umr keçirişini taʼminlaşda ularga körsatilayotgan zamonaviy tibbiy-profilaktika, diagnostika va davolaş xizmatining sifati va samarasini yanada yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani, keksa avlod vakillariga doimiy eʼtibor va ğamxörlik yanada ortayotgani töğrisida faxrlanib sözladilar. Mehnat faoliyati bundan 30-40-yil oldingi davr şifoxonalarida keçgan faxriy şifokor Farhod Allaberganov hozirgi davrdagi zamonaviy şaroitlar töğrisida töxtalib, yoşlarni Vatanimiz ravnaqiga samarali mehnati bilan hissa qöşişga çorladi.
“Keksalar haftaligi” doirasidagi şu kabi uçraşuv 5-oktyabr kuni yana davom ettirldi hamda tuman Tibbiyot birlaşmasi majlislar zalida mehnat faxriylari, tibbiyot xodimlari va yoş şifokorlar bilan uçraşuv ötkazildi.
Tadbirni Tibbiyot birlaşma boşliği örinbosari Hakimboy Sobirov oçdi va öz tajribalarini yoşlarga örgatib kelayotgan soha faxriylariga minnatdorçilik bildirdi. Faxriy nuroniy urolog-şifokor Sulton Tojiniyozov, oftalmolog şifokor Tojiboy Dösanov, metodist-şifokor Jumaboy Yavkaşevlar sözga çiqişdi.
Urolog-şifokor S.Tojiniyozov, T.Dösanovlar tumanimizda tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, axoliga sifatli va malakali tibbiy xizmat kursatişda olib borilayotgan samarali işlar töğrisida fikrlar bildirişdi.
Şuningdek, Birlaşma maʼmuriyati va hudud şifokorlari tibbiyot faxriylari xonadoniga taşrif buyurib, holidan xabar olişdi va mazsunli suhbatlaridan bahramand böldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶