AMALIYoTÇI PSIXOLOGLAR UÇUN AMALIY SEMINAR ÖTKAZILDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, munosib hayot keçirişini taʼminlaş, qizlarning soğlom, ilmli, intellektual salohiyatli bölib kamolga yetişini taʼminlaş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirmoqda.
Uşbu mexanizmning samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun xotin-qizlarni turmuşda, iş joylarida, taʼlim muassasalarida hamda boşqa joylarda tazyiqlar va zöravonlikning barça şakllarida himoya qilişga xizmat qiladi.
Şuningdek, sohadagi munosabatlarni tartibga solişni, tazyiqlar, zöravonliklardan jabrlanganlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qiliş kafolatlarini taʼminlaşni ham öz içiga olgan. Sohaga doir boşqada köpgina meʼyoriy hujjatlarda ayol-qizlarning yaşaş, işlaş, taʼlim oliş, farovon turmuş keçirişini taʼminlaş közda tutilgan.
Xöş, aholi bulardan töla xabardormi?
Şu masalada hamda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida 5-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli maktabda “Xotin-qizlar örtasida gender zöravonlikning oldini oliş” mavzusida amaliy seminar ötkazildi.
Tadbirda tuman Xalq taʼlimi bölimi metodist psixologlari Tatyana Pirlepesova, Nurbek Seytboyev, şuningdek tumanimizning 49 ta ovul va mahallalariga biriktirilgan amaliyotçi psixologlar iştirok etdilar.
Seminarda trener psixologlar – 3-sonli maktabning amaliyotçi-psixologi Almagul Bekmurodova, 58-sonli maktab amaliyotçi psixologi Simbat Pirnazarovalar gender zöravonlikning özi nima ekanligi , uning ijtimoiy xavfi xususida maʼruza qildilar.
Şuningdek, gender zöravonlikni boşidan keçirgan jabrlanuvçiga yordam beriş, ularga körsatiladigan xizmatlar maxfiyligi kafolatini taʼminlaş, xotin-qizlarning jamiyatda öz örnini topişida ularga psixologik yordam körsatiş usullari trening maşğulotlari va öyinlar orqali ifodalab tuşuntirildi.
Gender zöravonlikka uçragan jabrlanuvçidagi kuzatiladigan psixologok holatlar, xususan umidsizlik, ğazab, çorasizlikdan siqiliş, holsizlik, doimiy xavfdan qörquv, özini yolğiz his etiş, öziga nisbatan işonçsizlik kabi holatdagi ayol-qizlar bilan suhbatlar olib boriş yöl-yöriqlari xususida körsatmalar berildi.
Tadbir tumanimiz ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan amaliyotçi psixologlarga öz hududlaridagi gender zöravonlikka uçragan ayol-qizlarning psixologik holatini çuqur his etiş, ularning şaxsini örganiş, suhbat ötkaziş davomida jabrlanuvçi bilan qanday munosabatda böliş könikmalariga ega bölişiga yordam berdi.
Tadbirda iştirokçilarni qiziqtirgan masalalar, savollar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶