Toşyoplik öqituvçi Prezident farmoniga köra davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Heç eʼtibor berganmisiz, qilgan ezgu işlari uçun kişini ota-onangga, ustozingga rahmat, deya alqaşadi. Demak, barçamizning bu hayotdagi ezgu amallarimizda ota-onamiz qatori taʼlim-tarbiya bergan ustozlarimizning ham hissasi bor.
Şu boisdan ham kim bölmaylik, neça yoşga kirmaylik, ustozlarimizning hurmatini joyiga qöyişga intilamiz, yaxşi işlarimiz bilan ularni quvontirgimiz keladi.
Toşyop ovulida 1968-yilda tuğilgan Gulbahor Saidova maşaqqatini his qilib tursa-da, öqituvçilikdek şarafli kasbni tanladi. U şu maqsadda örta maktabni tugatgaç, Toşkent davlat çet tillari pedagogika institutiga öqişga kirdi va frantsuz tili va milliy maktablarda rus tili öqituvçisi mutaxassisligiga ega böldi.
Gulbahor oliygohni tugatgaç, özi taʼlim olgan maktabida ovulining hammasi taniş va aziz bolalariga frantsuz tilidan saboq bera boşladi. Şundan beri oradan 32-yil vaqt ötdi. Neça saf bolalar maktabga qabul qilinib, hayotga uçirma böldi. Muallima ularning turli mutaxassislik, kasb-korli bölişida hissasi ulkan ekanligini qalban his qiladi, quvonadi. U öz fanini öquvçilarga çuqurroq singdiriş uçun astoydil intildi, özi ham öqib-örganişdan çarçamadi. Maşğulotlariga öquvçilar diqqat-eʼtiborini jalb qiliş uçun yangi-yangi dars uslublarini qölladi. Natijada öquvçilari turli sinovlarda, fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli iştirok etib, ustozi yuzini yoruğ qildi.
Gulbahor Saidova öz kasbiga mehri, dars ötişdagi öziga xos mahorati, çuqur bilimi tufayli oliy toifali öqituvçi, Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi böldi. 2011-yilda mamlakatimizning bir guruh mahoratli va iqtidorli frantsuz tili öqituvçilari qatorida Frantsiyaning Ruaya şahrida bir oylik malaka oşiriş kursida öqib qaytdi. Bu uning öqituvçilik faoliyatida öziga xos yorqin davr böldi. Frantsuz tilida, şu til vatanida şu tilda juda ravon gapirişi, sözlarni erkin talaffuz qila olişi u yerdagi öqituvçilarni ham befarq qoldirmadi.
Frantsiyadan Gulbahor Saidova yanada yuksak orzular bilan qaytdi va faoliyatini davom ettirdi. Uning öqib, oliy maʼlumotli bölib, turli sohalarda işlayotgan şogirdlari bisyor ayrimlari özi bilan şu maktabda birga işlaydi.
Kasb maşaqqati-yu oila taşvişlarini baravar yengib, turmuş örtoği Komiljon Yusupov bilan ahillikda farzandlari ham Kamronbek, Qayumjon, Marjonalarni ham munosib insonlar qilib voyaga yetkazişmoqda. Oila tönğiçi oliygoh talabasi. Qayumjon ham öqiş niyatida, Marjona hali maktab öquvçisi.
Yaqinda Gulbahor Saidovaning hayotida unutilmas voqea böldi: 1-oktyabr – Öqituvçilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident Farmoniga köra II Darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan taqdirlandi.
- Bu eʼtirof menga yanada samarali işlaşga rağbat berdi, - deydi quvonib qahramonim.
Çindan-da umr böyi ezgu niyatlar bilan mehnat qilsang, mehnatlaring qadrlansa, eʼtirof etilsa, bu – ulkan baxt emasmi?
Fidoyi mehnatlari tufayli ana şunday nurli manzillarga yetgan muallimaga orden qutluğ bölsin, deymiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶