“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA NAZARXONLIK KEKSALAR ÇUQURLAŞTIRILGAN TIBBIY KÖRIKDAN ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanidagi Nazarxon ovul fuqarolar yiğinida ham “Keksalar haftaligi” doirasida ijtimoiy-maʼnaviy tadbirlar amalga oşirilmoqda. Nogironligi bölgan, yakka-yolğiz keksalar holidan xabar olinib, ularning salomatligini yaxşilaş çoralari körilmoqda. Xususan, 7-oktyabr kuni Nazarxon OFY aholisiga xizmat körsatuvçi Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Berdaq oilaviy şifokorlik punktida çuqurlaştirilgan tibbiy körik ötkazildi.
Çuqurlaştirilgan tibbiy körikni ötkazişda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliğining taşabbusi bilan taşkil qilinib, oila şifokori, nevrolog, kardiolog, okulist, terapevt, stomatolog, otolaringolog şifokorlari iştirokida, ultratovuş, elektrokardiogramma, va laborator tahlillari ötkazildi.
Körik davomida tibbiy avtobus bilan Nazarxon OFY ning Sayköl, Belsendi, Derbent, Jipek joli hududlariga borilib, 66 nafar qariyalar töliq tibbiy körikdan ötkazildi.
Tibbiy körik natijasida 44 nafar fuqaroda turli xildagi kasalliklar aniqlanib, ularning 41 nafariga ambulator şaroitda, 3 nafar bemorga kasallik turlariga qarab, statsionar davolaniş va soğlomlaştiriş böyiça tavsiyalar berildi. 3-4-guruhga kiruvçi, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat yordami körsatildi va bepul dori-darmonlar berildi.
Tibbiy körikdan ötkazilgan fuqarolarga şifokorlar hamda Tibbiyot birlaşmasining Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi tomonidan kasalliklarning oldini oliş borasida töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik, ruhiy osoyiştalik, şaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibi, tibbiy madaniyat tuşunçalari töğrisida maslahatlar berildi hamda uşbu mavzularga oid 35 xildagi eslatma va bukletlar tarqatildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶