UMUMIY ÖRTA TAʼLIM MAKTABI ÖQUVÇILARI ÖRTASIDA FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi tegişli qaroriga muvofiq har yili umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasida fan olimpiadalari ötkazilib kelinadi. Joriy yilda ham tuman Xalq taʼlimi bölimi tomonidan fan olimpiadalarini taşkil etiş va ötkazişga katta tayyorgarlik körildi. Olimpiadaning tuman bosqiçini ötkaziş uçun tumandagi 40-sonli umumiy örta taʼlim maktabi binosida öquvçilar uçun barça şaroit va qulayliklar yaratildi.
Jumladan, fanlar olimpiadasi ötkaziladigan sinfxonalar tegişli tartibda zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Muassasada har bir fan uçun alohida körsatkiçlar sinfxona eşiklari va yölaklar böyiça taqsimlanib, tartib-intizomni saqlaş maqsadida navbatçilik taşkil qilindi.
12-oktyabr kuni fan olimpiadalarining tuman bosqiçiga start berildi. Şu kuni 40-sonli umumtaʼlim maktabi binosida 9-11-sinf öquvçilari örtasida matematika, ona tili va adabiyot, şuningdek, özbek tili fanlaridan olimpiadaning tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda tumandagi barça maktablarning 9-11-sinf öquvçilari qatnaşib, ustozlari va ota-onalari işonçini oqlaşga harakat qildilar. Har bir fan uçun ajratilgan sinfxonada öquvçilar uçun barça şaroitlar yaratib berildi.
16-oktyabrga qadar davom etadigan fan olimpiadalarining tuman bosqiçida yuqorida körsatilgan fanlardan taşqari informatika va axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo, fizika, tarix, geografiya, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tojik tili, ingliz tili, frantsuz tili, qozoq tili fanlaridan olimpiadalar bölib ötadi.
5 kun davom etadigan uşbu jarayonda öquvçilaring xavfsizlik qoidalariga rioya qilişlari nazoraga olinib, ularning kelib-ketiş xarajatlari töliq qoplanadi.
Fan olimpiadalarining tuman bosqiçi nihoyasiga yetgaç, natijalar hayʼat aʼolari tomonidan umumlaştirilib Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.
Şuningdek, olimpiada natijalaridan norozi bölgan öquvçilar belgilangan tartibda natija eʼlon qilingan kunning özida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilişlari mumkin.
Fan olimpiadalari mamlakatimiz böylab 4 bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiç maktablar miqyosida sentyabr oyida, ikkinçi bosqiç tumanlar miqyosida oktyabr oyida, uçinçi bosqiç Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyat va Toşkent şahri miqyosida noyabr oyida hamda yakuniy bosqiç Respublika miqyosida barça fanlardan aprel-may oylarida bölib ötadi. Olimpiadaning uçinçi bosqiçida, yaʼni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyat yoki Toşkent şahri miqyosida 1-örinni egallagan öquvçilar bazaviy hisoblaş miqdorining 6 barobari, 2-örin sohiblari 4 barobari, 3-örin egalari esa 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, törtinçi bosqiçida 1-, 2-, 3-örinlarni egallagan öquvçilarga Vazirlik tomonidan ixtisoslik fani böyiça davlat oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi elektron sertifikatlar beriladi hamda uning alohida elektron reyestri yuritiladi.
Olimpiadaning tuman bosqiçida qatnaşayotgan barça öquvçilarga omad tilab, keyingi bosqiçlarda ham tumanimiz şarafini munosib himoya qilgan holda yuqori örinlarni egallaşilariga tilakdoşmiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶