14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:16
Adabiyot 👁 301

“ZULFIYaXONIM QIZLARI” KOʻRIK-TANLOVINING AMUDARYo TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

“ZULFIYaXONIM QIZLARI” KOʻRIK-TANLOVINING AMUDARYo TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda taʼsis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti barkamol, oqila xotin-qizlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xotin-qizlarning adabiyot, sanʼat, sport, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, ibratli faoliyati, keng koʻlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida har yili ushbu mukofotga munosib koʻrilgan nomzodlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanishi anʼanaga aylangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi tegishli Farmoniga muvofiq, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar kiritilib, endilikda har bir viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ikki nafardan, 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlar 7 ta yoʻnalishda ushbu mukofot sohibasi boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.

Joriy yilning 11-oktyabr sanasida Amudaryo tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida boʻlib oʻtgan tadbirda tanlov Nizomida belgilangan 7 ta yoʻnalish boʻyicha tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan iqtidorli oʻquvchi-qizlar, amudaryolik turli oliy taʼlim muassasalari talabalari, oʻz mehnat faoliyati bilan yuqori natijalarga erishayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlar ishtirok etdilar.

Avvalo, shuni alohida eʼtirof etish kerakki, tanlov ishtirokchilarining oʻz iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun erkinlik va xolislik muhiti yaratildi. Tanlovning adabiyot yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchilarning hujjatlari Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva raisligidagi hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan sinchiklab oʻrganilib, nomzodlarning bilim va qobiliyatlari sinovdan oʻtkazildi.

Ayniqsa, bir necha sheʼriy toʻplamlarda ijod namunalari chop etilgan iqtidorli va umidli shoira qizlar – 40-sonli maktab oʻquvchisi Nafisa Hamroyeva, 20-sonli maktab oʻquvchisi Munisa Tojiboyeva, 3-sonli maktab oʻquvchilari Muhabbat Oʻrinbosarova, Navbahor Sarsenboyeva, 35-sonli maktabning iqtidorli oʻquvchisi Barno Samandarovalar oʻzlarining zukko, bilimdon va intiluvchanliklarini, namoyon etdilar.

Koʻrik-tanlov davomida Robiya Yoʻldosheva ijodkor va iqtidorli qizlarga “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovining Nizomi va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar haqida zarur tushunchalar berdi.

Tanlov jarayonida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida yoʻnalishlar boʻyicha tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchi qizlar bilan bevosita suhbatlar olib borilib, munosib nomzodlar tanlab olindi.

Shuningdek, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimining bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boʻlim uslubchisi Tatyana Pirlepesova taʼlim va jamoatchilik, sanʼat, sport yoʻnalishlari boʻyicha ishtirokchi qizlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar taxlamlarini tayyorlashga oʻta masʼuliyat va madaniyatlilik bilan yondashgan ishtirokchilarning nomlarini alohida tilga olib, ularning kelajagiga katta ishonch va umid bildirdi.

Koʻrik-tanlov yakunida eng namunali, ibratli xulq-atvori, bilim va salohiyati bilan keng jamoatchilik orasida hurmat-eʼtibor qozongan, erishgan yutuqlari yuqori tashkilotlar va xalqaro tanlov va anjumanlarda eʼtirof etilgan ishtirokchilarga Amudaryo tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Koʻrik-tanlov Nizomi talablariga koʻra, munosib nomzodlarga tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanmalar berildi.

Risolat IBRAGIMOVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019