28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 331

Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi ishchilari shartnomaviy rejadagi 296 tonna oʻrniga 300 tonna hosil yigʻib olishdi

Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi ishchilari shartnomaviy rejadagi 296 tonna oʻrniga 300 tonna hosil yigʻib olishdi

Dehqonchilikda oson kelgan yilning oʻzi yoʻq. Goh bahor seryogʻin kelib, ekin-tikin ishlari kechiksa, ayni gʻoʻza parvarishi avj olgan yoz pallasida suv tanqisligi kuzatiladi. Kuzda esa dehqonlar sovuq kunlarning barvaqt boshlanishidan oldin yigʻim-terim ishlarini yakunlashga intiladilar.

Amudaryolik “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi rahbari Davron Xolmenov shu boisdan ham fermer xoʻjaligini tashkil etgan ilk kunlardanoq, avvalo ishni xoʻjalik yerlarining tabiiy xususiyatlarini oʻrganishdan boshladi. Sizot suvlarining  tuproqning unumdor qatlamiga qanchalik yaqinligi, yerlarning shoʻrlanish darajasini puxta  oʻrganib, ekin-tikin ishlarini aniq reja asosida tashkil etdi. Chunki shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlgan dalalarga shoshilinchda chigit ekilsa, namlik meʼyordan baland boʻlganligi uchun unib chiqishi qiyinlashib, aksariyat hollarda urugʻ chirib ketishi mumkin. Shu bois, bunday yerlarning shoʻrini yuvishga alohida eʼtibor qaratdi, xoʻjalik hududidagi ichki kollektorlarning zax suvlarni oʻtkazuvchanlik holatini yaxshiladi. Natijada xoʻjalik yerlari meliorativ talablar darajasiga yetkazildi. Mana, 18-yildirki, “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi tumanda ilgʻor xoʻjaliklar qatorida tilga olinadi.

Joriy dehqonchilik yili ham fermer xoʻjaligi ishchilari uchun sinovlar bilan boshlandi. Oqar suv tanqisligi, bahorgi tabiat  injiqliklarini mardonavor yenggan dehqonlar 90 gektar yerda paxtadan moʻl hosil undirdilar.

Asosan “Sulton” navli urugʻlik paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligida dalalar 180 nafardan ziyod ishchilarga ijara pudrati asosida taqsimlab berilgan. Barcha  agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida, sifatli olib berilgani bois, gʻoʻza parvarishi jarayonida muammo boʻlmadi. Gʻoʻza parvarishi bilan bir vaqtning oʻzida 2021-2022-yil hosili uchun ekilgan 60 gektar yerdagi gʻalladan ham yuksak xirmon koʻtarildi. Shartnomaviy rejadagi 150 tonna oʻrniga 300 tonna “qirmizi don” yigʻishtirib olindi. Hosildorlik har gektar hisobiga 50 tsentnerga yetkazilib, reja 200 foizga uddalandi. Bundan  ham quvonchlisi, shartnomaviy  rejadan tashqari yetishtirilgan 150 tonna bugʻdoy xoʻjalik ixtiyorida qoldi va maʼlum qismi fermer xoʻjaligi ishchilari uchun tarqatildi.

Paxtachilikda ham bu yilgi mavsumni zalvorli qadamlar bilan boshlagan xoʻjalik dehqonlari birinchi terimdayoq shartnomaviy rejani ortigʻi bilan uddaladilar. 90 gektar paxta maydonining har gektaridan 34 tsentnerdan, shartnomaviy rejadagi 296 tonna oʻrniga 300 tonna hosil yigʻib olishdi.

Erishilgan yuksak natijada mavsum boshidan beri har biri 5-6 tonna paxta terishib, boshqalarga namuna boʻlgan fermer xoʻjaligi ishchilaridan Zumrad Qutlimurodova, Muhayyo Nurmanova, Gulbahor Matsafoyevalarning hissasi katta boʻldi. Ayni paytda chevar terimchilar orasida mavsum boshidan beri 9-10 mln. soʻm atrofida ish haqi olganlar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Xoʻjalik dalalarida paxta terayotgan terimchilar va koʻngilli hasharchilarga dala boshida choshgohlik va tushlik uchun yaxshi sharoitlar  yaratilgan. Kunlik ish haqlari ayni paytda har bir kilogramm paxta uchun 2 000 soʻmdan, tarozi boshida hisob-kitob qilinayotganidan terimchilar mamnun. Shunga yarasha ish unumi ham yuqori.

Joriy yilgi paxta yigʻim-terim mavsumini yanada muvaffaqiyatli yakunlash maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan fermer xoʻjaligi rahbari Davron Xolmenovning hisob-kitoblariga koʻra, faqat paxtachilikning oʻzidan 3 mlrd. soʻm daromad olinishi kutilmoqda.

Ayni paytda esa xoʻjalik dalalarida paxta yigʻim-terimi davom ettirilib, qabul punktlariga kuniga 2-3 tonna atrofida paxta topshirilmoqda.

Xoʻjalikning 2022-2023-yil hosili uchun ekilgan 64 gektar yerdagi bugʻdoyzorlarida esa bir tekis unib chiqib, bachkilashni boshlagan yam-yashil bugʻdoy maysalariga kuzgi ishlov berish, oziqlantirish ishlari samarali amalga oshirilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026