TIL – MILLAT TIMSOLI
Özbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bölib, hozirgi kunda Yer yuzi aholisining qariyib 50 million aholisi uçun asosiy muloqot vositasidir. Til-millatning borligi, millat birligi va butunligining timsolidir. Har qanday xalqning tarixi ham, dunyoda özining kimligini anglaş, jamiyatning kelajagini köriş idroki ham şu timsolga köra mavjuddir. Bu timsol barça kişilarimizning bir yurt fuqarolari sifatida birlaşuviga xizmat qilmoqda. Bu holat tabiiyki, özbek tili rivojining jadallaşuviga, imkoniyatlarining yanada kengayişiga ham kömak bermoqda.
Milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismi bölgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktyabr kuni davlat tili maqomi berilgan. Şu kundan eʼtiboran har yili bu sana bayram sifatida yurtimizning turli göşalarida kötarinki ruhda nişonlanib kelmoqda.
Özbek tili mustaqil davlatimizning bayroği, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yöli bilan himoya qilinadigan timsollaridan biriga aylandi. Özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi bu tilning nufuzini oşiribgina qolmay, yurtimizning turli millatga mansub fuqarolari özbek tilini davlatimizning muqaddas timsoli sifatida örganmoqdalar, bu tilda gaplaşmoqdalar, unga yuksak ehtirom körsatmoqdalar.
Ona tili va adabiyot fani öqituvçisi sifatida şuni alohida eʼtirof etişim kerakki, maktabda öquvçilarda nutq madaniyatini rivojlantiriş özbek tili taʼlimining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Taʼlim jarayonida öquvçilarga nutqda milliy tilning öziga xosligi, maʼno jihatidan aniqligiga, sözlarni qöllaşga eʼtibor berişi kerakligi doim tuşuntirib boriladi. Şu bilan birga adabiy tilning orfoepik meʼyorlari, yozma şakli, yaʼni orfografiya, uslub va şu kabi meʼyorlar haqida könikmalar hosil qilinadi. Nutq madaniyati adabiy til meʼyorlari asosida öquvçilarning aqliy va amaliy tuşunçalarini kengaytiriş natijasida şakllanadi.
Uluğ bobomiz Alişer Navoiy “Mahbub-ul-qulub” asarida taʼkidlaganidek, “Til... nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul bölib çiqsa, tilning ofatidir”. Millatimiz qadr-qimmatining boş ustuni bölmiş tilimiz hurmatini joyiga qöyişday şarafli işda hamişa faol böliş, uni sofligiça asrab-avaylaş har birimiz uçun ham farz, ham qarzdir.
Anora Qozoqova, 65-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶