83-sonli maktabda Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar ötkazildi
Til – millat közgusi. Har qanday millatning hayoti uning ona tilida ham yaqqol namoyon böladi. Sobiq ittifoq davrida xalqimizning huquq va şaʼni, erki toptalgani ona tilimizga qilingan kamsitişlarda ham aks etgani hali köpçikning yodida: öz ona tilimiz naqadar boy, jozibador va aziz bölsa-da, Özbekistonda barça hujjatlar rus tilida yozilar edi.
Özligimiz, ğururimiz, şaʼnimiz hisoblangan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani xalqimizning mustaqillik sari qöygan ilk qadami böldi.
1989-yil 21-oktyabrda Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinişi xalqimizning köp yillik orzulari röyobi böldi. Çunki Qonun ona tilimizning bor gözalligi va jozibasini töla namoyon etişi bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirişga ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Ötgan davr mobaynida ona tilimiz nufuzi oşdi, globallaşuv jarayoniga mos yangi atamalar bilan boyidi. 2020-yil 10-aprelda Özbekiston Respublikasining “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi Qonuni qabul qilinişi munosabati bilan esa har yili 21-oktyabr “Özbek tili bayrami kuni” sifatida ulkan tantana qilinmoqda.
Sana butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham keng nişonlanmoqda. 83-sonli maktabda ham Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan oktyabr oyi – ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida köpgina tadbirlar ötkazilmoqda. Xususan, “Ona tilim - iftixorim” mavzusida sinflar kesimida inşolar tanlovi, şeʼrxonlik keçalari, “Ona tilida kim xatosiz yozadi” nomli diktantlar tanlovi ötkazildi.
Maktabning tajribali ona tili va adabiyot öqituvçilarining oçiq darslari taşkil etilib, ularda maktabning yoş pedagoglaridan taşqari öquvçilarning ota-onalari ham iştirok etişib, farzandlarining öz ona tilini qay darajada örganayotganliklariga guvoh böldilar.
19-oktyabr kuni bölib ötgan “Til – millat iftixori” deb nomlangan adabiy keçada maktabning 6- va 8-sinflari öquvçilari iştirok etişdi. Tadbirni ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Gulandom Şomurodova, Muqaddas Allaberganova, Nilufar Ortiqova, Farida Eşçanovalar taşkillaştirdilar.
Dastlab mavzu yuzasidan qiziqarli maʼruza öqilgaç, öquvçilar ona tilimizni madh etuvçi şeʼrlar, qöşiqlar ijro etişdi. Özbek tilida ijod qilib, uning boy imkoniyatlari va jozibasini öz ijodi bilan körsatib bera olgan Alişer Navoiyning va boşqa alloma bobolarimizning özbek tili haqidagi ibratli gaplarini, şeʼrlarini aytdilar. Özbek tilida sözlaşiş madaniyati haqida öquvçilar namoyiş etgan sahna körinişi juda taʼsirli böldi.
Şu kuni maktab pedagogika jamoasi bilan öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda yaqin hamkorlik qilib kelayotgan Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlariga qaraşli 9202-harbiy qismida tajribali öqituvçi Gulandom Şomurodova harbiy xizmatçilar va muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlarga 21-oktyabr – özbek tili bayrami kuni munosabati bilan şu mavzuda maʼruza öqidi.
Fan oyligi doirasida özbek tili bayrami kuniga atab ötkazilgan tadbirlar iştirokçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶