1-SONLI MAKTABDA “ONA TILIM – SARÇAŞMANGDAN SARXUŞ DILIM” DEB NOMLANGAN ADABIY KEÇA ÖTKAZILDI
Oktyabr oyi umumtaʼlim maktablarida ona tili va adabiyot fani oyligi deb belgilangani munosabati bilan Amudaryo tumanidagi öquv maskanlarida öquvçilarni fanga yanada qiziqtiriş, bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan tadbirlar, uçraşuv va adabiy keçalar, oçiq öquv maşğulotlari taşkil etilmoqda. Oylik doirasida barça taʼlim dargohlaridagi kabi 1-sonli maktabda ötkazilayotgan tadbirlar ham öquvçilarning fanni yanada mukammalroq özlaştirişlarida, faolliklarini oşirişda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Maktabda bölib ötayotgan fan oyligi doirasida “Ona tilim – sarçaşmangdan sarxuş dilim” deb nomlangan adabiy-badiiy keça taşkil etildi. Maktab öqituvçi va öquvçilari tomonidan taşkil etilgan uşbu keçaga tumandagi davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism xizmatçilari ham taşrif buyurişdi.
Keçani maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Sanobar Murodova oçib berdi. U ötgan yildan beri til bayrami sifatida nişonlanayotgan uşbu kun bilan barçani muborakbod etib, mamlakatimizda davlat tilini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida sözladi.
Oylik doirasida maktabda ötkazilgan “Kitobni sevaman” mavzusidagi davra suhbati, diktantlar tanlovi, “Söz mulkining sultoni” mavzusidagi ijodiy bayon musobaqasi, “Ona tilim – iftixorim” mavzusidagi inşolar tanlovi, “Jadid adabiyoti namoyandalari” mavzusidagi kitobxonlik keçasi, oçiq öquv maşğulotlarini ötkazişda fan öqituvçilarining iştiroki, öquvçilarning faolliklari xususida ham gapirib ötdi.
Keça davomida sözga çiqqanlar til har bir millatning öziga xos timsoli, xalqning ruhini va maʼnaviyatini belgilovçi vosita ekanligini taʼkidlaşdi. Şuning uçun uni asrab-avaylaş, sofligini saqlaş va rivojlantirişni har bir fuqaro öziga burç deb bilişi lozimligini, Navoiy va Maşrab, Bobur va Muqimiy kabi daholar uning vositasida özlarining uluğvor asarlarini yaratganligi, maʼrifatni keng tarğib qilganini eʼtirof etişdi.
Undan taşqari, özbek tilining taraqqiy etişida şoirlar bilan bir qatorda şoiralarning ham örni beqiyosligi tilga olinib, Jahon otin Uvaysiy, Nodirabegim, Mohlaroyim, Dilşodi Barno, Anvar otin Mahzuna, Zebunisobegim kabi ötkir qalam sohibalarining nomlari esga olindi va ijodlariga töxtalib ötildi.
Şundan söng, Nodirabegim saroyida millatimizning atoqli şoiralari iştirokida bölib ötgan muşoira maktabning 9-sinf öquvçilari ijrosida sahna körinişda namoyiş etildi. Ular dastlab özbek tilining rivojlaniş bosqiçlari, bu ezgu işga hissa qöşgan atoqli şoiralarning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berişdi. Adabiyot ixlosmandlari şoiralarning ğazallar, şeʼrlarini yoddan aytişdi va öz ijrolari bilan tomoşabinlar köz öngida yurt tarixini gavdalantirib, tomoşabinlarda katta taassurotlar qoldirişdi.
Tadbir davomida maktabning 7-sinf öquvçilari ona tilimizni madh etuvçi şeʼrlarini ifodali yod aytib, olqişlarga sazovor bölişdi. Şuningdek, 5-sinf öquvçilari esa tilga doir hikmatli sözlarni talqin etib, keçaga fayz kiritişdi. Undan taşqari, Özbekiston Republikasining Davlat tili haqidagi Qonuni va boşqa tegişli hujjatlar töğrisida 8-sinf öquvçilari tomonidan berilgan maʼlumotlar bilimlarni yanada boyitib, mustahkamladi.
Maroqli ötgan tadbir öquvçilar va boşqa iştirokçilarning ona tiliga bölgan qiziqişlarini, qalbidagi mehri, faxru-iftixor tuyğularini yanada oşirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶