“Ayollar daftari”da turuvçi ayollar uçun “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş” mavzusida psixologik trening ötkazildi
Xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqeini oşiriş, bandligini taʼminlaş, yaşaş şaroitini yaxşilaş, bir söz bilan aytganda ularga munosib turmuş şaroitini yaratiş davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadlaridan bir hisoblanadi.
Şu maqsadda ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qiliş istagida bölgan, boquvçisi vafot etgan yoki jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan, uy-joyga muhtoj, nogironligi bor yoki qaramoğida nogiron farzandlari bölgan ayollarga har tomonlama kömak körsatiş maqsadida “Ayollar daftari” joriy qilindi. Şuningdek, mazkur daftarga ruhiy tuşkunlikka tuşib qolgan, psixologik yordamga muhtoj ayollar ham kiritilib, ular bilan muntazam ravişda psixologik treninglar ötkaziş yölga qöyilgan. Maqsad − ayollarning stressdan ozod bölişiga, soğlom hayot tarziga qaytişlarida yordam berişdan iboratdir.
25-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Tölqin ovul fuqarolar yiğinida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bilan navbatdagi trening maşğulotlari bölib ötdi. Maşğulotni 33-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Manzura Saparbayeva olib bordi.
Trening “Ayollar daftari”dagi ayollarning “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş” mavzusida bölib, iştirokçilar 3 ta şart asosida öz dunyoqaraşlarini, oila aʼzolari bilan yölga qöygan munosabatlarini tahlil qildilar.
Birinçi şart − “Minnatdorçilik daraxti” şarti bölib, unda iştirokçilar özlarini özlari sevgan mevali daraxtga qiyosladilar.
Kimdir özini anor mevasi singari bölişni xohlaşini, sababi anor sabr bilan meva tugib, pişib yetilgan sayin şirin va gözal bölişi, şuningdek, bağriga son-sanoqsiz donalarni jamlaganini aytib, oilaviy munosabatlarda ham sabrli va bağrikeng böliş lozimligini aytib ötdi.
Yana kimdir olma kabi bölişni istaşini, sababi olmani barça sevib isteʼmol qilişi, u yoz va kuz faslida son-sanoqsiz mevalar tugib barçaning dasturxonidan örin olişini taʼkidladi. Psixologik trening davomida baʼzi ayollar özini uzumga, tut daraxtiga öxşatib, uning foydali xususiyatlarini aytib ötişdi.
Ikkinçi şart − “Ayol kişining oiladagi örni” mavzusi atrofida bölib, ayol kişi oilada, jamiyatda qanday muomala madaniyatiga ega bölişi lozimligi haqida suhbat qurildi. Tarqatma materiallar orqali ularning fikrlari örganildi.
Yakuniy şart − “Keçiring va ozod böling” deb nomlandi. Uşbu şartda ayollar oilada kelib çiqqan har xil nizoli vaziyatlarda özini tutiş, bosiqlik bilan muammoni hal qiliş böyiça könikmaga ega bölişdi.
Har bir iştirokçi pufakçalarni şişirib osmonga uçirib yubordi. Bu bilan ular jahl çiqqan paytda özini tutişni, köngilda gina saqlamaslik, keçirimli böliş, bölib ötgan köngilsiz voqealarni unutiş va bu singari holatlarga boşqa yöl qöymaslik böyiça könikmalarga ega bölişdi.
Psixologik treningda har bir iştirokçi faol qatnaşib, psixolog tomonidan berilgan tavsiyalar asosida oiladagi rafiqalik, kelinlik, onalik vazifalarini çuqur anglab yetdilar. Şu bilan birga oiladagi soğlom muhitni yanada mustahkamlaş böyiça bilimlarga ega bölişdi.
Jamiyatning boş böğini bölmiş oilalar mustahkamligi Vatanimiz farovonligida va gullab-yaşnaşida muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila tinç bölsa yurt ham tinç va osuda böladi.
Oilaviy kelişmovçiliklar va ajrimlarning oldini olişda mahallalarda yangidan iş boşlagan xotin-qizlar faollari ham samarali tarzda faoliyat yuritişmoqda.
Şuningdek, ayollarning bandligi taʼminlaş, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş böyiça ham xotin-qizlar faollari taşabbusi bilan köplab ijobiy işlar qilinmoqda.
Tölqin ovulining xotin-qizlar faoli Gavhar Babatayeva ham hokim yordamçisi bilan hamkorlikda mahallasida istiqomat qiluvçi 4 ming 7 nafar ayol-qizning har biri bilan muloqot qilib, ularning muammolariga yeçim topişga intilmoqda.
Şu kunga qadar “Ayollar daftari”da turuvçi 142 nafar ayol-qizga turli yordamlar körsatildi. Daftardagi 25 nafar ayol tikuvçilik böyiça sertifikat olib, öz faoliyatini yölga qöydilar.
Ayollar uçun tabdirkorlikning turli yönalişi böyiça berilayotgan yengilliklar, imtiyozlar ularni yanada ruhlantirib, yangidan yangi marralar sari çorlamoqda. Ayniqsa, tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga körsatilayotgan ijtimoiy yordamlar tufayli ularning yaşaş şaroiti yaxşilanib, doimiy daromad manbaiga ega bölişmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶