28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:41
Fan va taʼlim 👁 301

49-SONLI MAKTABDA FAN OYLIGI DOIRASIDA “ONA TILI – MILLAT KOʻRKI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

49-SONLI MAKTABDA FAN OYLIGI DOIRASIDA “ONA TILI – MILLAT KOʻRKI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilganining 33 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Ushbu kunga bagʻishlab barcha hududlarda, jumladan umumtaʼlim maktablarida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 49-sonli maktabda ham “Ona tili – millat koʻrki” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Matluba Berdimaqova hamda Nilufar Abdullayevalar tomonidan tayyorlangan ushbu tadbirni maktab direktori Shukurboy Ayimbetov ochib berdi va barchani til bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, ona tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va ahamiyatini yanada kuchaytirish, uni faqatgina rasmiy til sifatida emas, balki, milliy madaniyat, maʼnaviyat timsoli sifatida yanada boyitish hamda sofligini saqlashga barcha birdek masʼul ekanini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan fan oʻqituvchilari til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini, tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burch boʻlib qolishini eʼtirof etishdi.

Millat til bilan barhayot boʻlishini, tilning moʻʼtabar boʻlgan onaga qiyoslanishi bejiz emasligini, inson onasiz, uning mehrisiz, sof muhabbatisiz yashay olmaganidek, oʻz onasidek boʻlgan tilsiz ham hayot kechirishi aslo mumkin emasligini aytib oʻtishdi.

Tadbir maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan maʼrifiy-musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Tadbir davomida maktabning 5-, 6-sinf oʻquvchilari til haqidagi sheʼrlar, maqollar aytib berishdi. “Ona tili tarqqiyoti” haqida maktabning 11-sinf oʻquvchisi Ruslan Boltaboyevning maʼruzasi tadbir ishtirokchilariga juda manzur boʻldi.

Shuningdek, 8-sinf oʻquvchilari sof oʻzbek tilida oʻz ijod namunalarini yaratib, uning rivojiga hissa qoʻshgan, uni ulugʻlagani uchun tazyiq-taʼqiqlarga uchragan, “xalq dushmani” degan tamgʻa bilan yurtdan quvgʻin qilingan adiblar hayotini sahna koʻrinishlarida namoyish etib, hammaning olqishini olishdi. Tildan oʻrinli foydalanishga jalb etuvchi, bu boradagi muammo va kamchiliklarni ifodalovchi sahna koʻrinishini namoyish etgan maktabning 7-sinf oʻquvchilarining ijrolari ham barcha oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

 Undan tashqari, 7-sinf oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunida tilga munosabatni ifoda etuvchi moddalar tasnifini aytib berishdi. Tumandagi ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzosi Farhod Avezov ham ona tili fanining taʼlimdagi oʻrni, fan oʻqituvchilarining til rivojiga qoʻshayotgan hissalari haqida toʻxtaldi.

 Tadbirga tashrif buyurganlar 9-sinf oʻquvchilari ijrosidagi dilrabo raqslarni koʻtarinki kayfiyat bilan tomosha qildilar. Oʻzbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib oʻtilgan qiyinchiliklardan tortib, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pogʻonaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar tasvirlangan videorolikdan esa koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir barchaga birdek manzur boʻldi va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026