TIBBIY XIZMAT SIFATINI YaXŞILAŞ YÖLIDA
Yurtimizda sönggi yillarda tibbiyot sohasini rivojlantiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaşga alohida ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, “Ona va bola soğliğiga eʼtibor – jamiyatga, kelajakka eʼtibor” tamoyili asosida tibbiy xizmat sifatini oşiriş borasida katta işlar amalga oşirilmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, tumanimizda ham tibbiyot sohasidagi ezgu işlarning kölami kengaymoqda. Hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli yangi tuğruq majmuasining bunyod etilayotgani, qad rostlayotgani ham buning yaqqol ifodasidir.
Ayni paytda aholiga xizmat körsatilayotgan tuman Tibbiyot birlaşmasi tuğruq kompleksi 95-öringa möljallangan bölib, şundan tuğruq bölimi 60-örin, homiladorlar patologiyasi bölimi 35-örindan iborat. Muassasada 5 ta tuğruq zali, 2 ta operatsiya xonasi mavjud. Har bir palata 4-öringa möljallangan. Lekin amaldagi tegişli sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga asosan esa har bir palataga 2 nafardan ayol joylaştirilişi kerak. Alohida boğlov xonasi, muolaja xonasi, körik xonalari uçun ham joy yetişmaydi.
Tuğruq bölimi va homiladorlar patologiyasi bölimi alohida, moslaştirilgan binolarga joylaşgan bölib, bu öz navbatida homilador ayollarga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va kölamiga salbiy taʼsir körsatadi. Çaqaloqlar uçun intensiv terapiya xonalari maydon jihatidan talabga javob bermaydi. Bundan taşqari, qabul bölimida alohida kiriş-çiqiş uçun qulaylik yöq.
Ötgan asrning 70-yillarida qurilgan tuman Markaziy şifoxonasining tuğruq kompleksi binosi 2012-yilda moslaştirilib kapital taʼmirlangan bölib, markazlaşgan kanalizatsiya tizimi ham mavjud emas. Tuman Tibbiyot birlaşmasida tuğruqxona kompleksi binosining eskirganligi, amaldagi sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob bermasligi, aholi va tuğruqlar sonining tabiiy köpayişi hisobga olinib, yangidan zamon talablariga mos tuğruqxona kompleksi qurilişi zarurligi böyiça taklif Prezidentimizga Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida yetkazilgan edi. Bu taklif eʼtiborga olinib, tegişli dasturga kiritildi.
Şundan söng, Tibbiyot birlaşmasida yangi – qiymati 14,4 mlrd. sömga teng bölgan 90-örinli 4 qavatli tuğruq kompleksi zamonaviy loyihasi tasdiqlandi va quriliş işlari boşlab yuborildi. Hozirgi vaqtda davom etayotgan quriliş işlari “Temir beton” MÇJ tomonidan olib borilmoqda. Uşbu obʼekt uçun 14,4 mlrd. söm mablağ ajratib berilgani, zamonaviy körinişdagi binoni quriş işlari boşlangani reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş masalalariga davlatimiz rahbarining alohida eʼtibori natijasidir.
Yangi loyiha asosida qurilayotgan mazkur zamonaviy imoratdagi isitiş va sovutiş tarmoqlari ilğor texnologiyalar asosida takomillaştiriladi. Katta hajmda olib borilayotgan quriliş işlari natijasida barça şart-şaroitlar yaratilgan bino qad rostlaydi. Şu bilan birga uşbu yangi muassasa eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlaş, homiladorlarga ğamxörlik körsatiş, ertamiz egalarining soğlom tuğilişiga şaroit yaratiş maqsadida amalga oşirilayotgan bu ezgu iş tumanda tibbiy xizmat sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini beradi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶