Daryoboʻyi mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlash, turmush sifati va farovonligini oshirish uchun avvalo, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda xalq bilan ochiq muloqotlar olib borilib, insonlar huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib sharoitlar yaratilayotir.
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan xalq bilan ochiq muloqotlar, oʻtkazilayotgan sayyor qabullar va xalq hayotini xonadonma-xonadon yurib oʻrganishlar mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yoʻlida muhim vosita boʻlmoqda.
Aholining turli qatlamlari bilan muloqot qilish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor va aniq choralar koʻrish maqsadida 28-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Daryoboʻyi mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tumanda faoliyat koʻrsatayotgan banklar filiallari, korxona-tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda fuqarolardan yoʻllarga tosh yotqizish, simyogʻochlarni almashtirish, transfarmator oʻrnatish, davolanish uchun amaliy yordam koʻrsatish va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning ayrimlari shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, baʼzilariga muddatlar belgilanib tegishli korxona, tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi va ijrosi nazoratga olindi.
Davlat idoralarining xalq bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish, dard-u tashvishlarini tinglash boʻyicha amalga oshirilayotgan bu kabi sayyor qabullar xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶