STOL TENNISI BÖYIÇA “MAHALLA KUBOGI” TURNIRINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Mamlakatimizda yoşlarni sportga jalb etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, yoşlar uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar ularning isteʼdodlarini yuzaga çiqarişlari, turli sport musobaqalarida qatnaşib, faxrli örinlarni egallaşlarida muhim örin tutmoqda. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining “Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni çekka qişloqlarda ham yoşlarni ommaviy sport turlariga jalb etişda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Şu yil 5-noyabr kuni mazkur Farmon ijrosi doirasida Amudaryo tumanida ham Sport maktabining Çordara mahallasidagi filiali binosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi taşabbusi bilan 13-16 yoşdagi mahalla ösmir jamoalari örtasida stol tennisi böyiça “Mahalla kubogi” turnirining tuman bosqiçi musobaqalari taşkil etildi. Unda 49 ta ovul va mahallalardan kelgan 100 nafarga yaqin ösmir yoşlardan taşkil qilingan jamoalar qatnaşişdi. Taʼkidlaş joizki, turnirning 1-bosqiçi, yaʼni mahalla bosqiçida 150 dan ortiq jamoalardagi 300 nafarga yaqin ösmir öğil-qizlar öz omadlarini sinab körgan edilar.
Maʼlumki, mahallalarda ommaviy sportni yanada rivojlantiriş, yoşlarni jismonan soğlom va maʼnan barkamol qilib tarbiyalaş maqsadida stol tennisi böyiça “Mahalla kubogi” Amudaryo tuman turniri musobaqacini ötkaziş böyiça Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi, Sportni rivojlantiriş bölimi, Madaniyat bölimi, Xalq taʼlimi bölimi, Içki işlar bölimi, Milliy gvardiya huzuridagi qöriqlaş bölimi, Tibbiyot birlaşmasi va Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamkorligida joriy yil 5-oktyabr kuni qöşma qaror qabul qilingan edi. Şunga köra stol tennisi böyiça “Mahalla kubogi” turniri musobaqalari tört bosqiçda ötkaziş rejalaştirildi. Birinçi bosqiç musobaqalari 10-oktyabrdan 20-oktyabrga qadar mahallalarda bölib ötdi. Ikkinçi bosqiç musobaqalari 20-oktyabrdan 15-noyabrga qadar tumanda ötkazilişi belgilangan bölib, hozirgi kunda davom etmoqda. Rejaga köra tuman, yaʼni uçinçi bosqiç ğoliblari 15-noyabrdan 30-noyabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça final öyinlarida qatnaşişiga yöllanma berilişi belgilangan.
Stol tennisi böyiça “Mahalla kubogi” tuman bosqiçida iştirok etgan jamoalar özlarining abjirliklari va çaqqonliklarini, murabbiylaridan örgangan sport mahoratlarini namoyiş etişdi va ğolib bölişga harakat qilişdi. Qizğin ötgan musobaqalar davomida faxrli 3-örinni Örta qalʼa ovuldan Zafar Sultanov, Şahzoda Rahmatullayevalar hamda Arna böyi mahallasidan Bahovuddin Fayzullayev, Gulirayhon Xidirboyevalar jamoalari egalladi. Qiliçboy ovul jamoasidagi ösmir-yoşlar Şahzod Aminov va Lobar Jumaboyevalar 2-örinni egalladilar. Şuningdek, Boy ovul mahallasi jamoasi aʼzolari Dilşodbek Bozorboyev va Iroda Qurbonboyevalar faxrli 1-örinni egalladilar hamda turnirning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Taqdirlaş marosimida musobaqa ğoliblari va sovrindorlariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasining diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
B.Boltaboyev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶