Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdan taşqari 54-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2022-yil 9-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari 54-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani tuman hokimi – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldoşev oçdi va olib bordi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali töğridan-töğri efirga uzatilgan sessiyada deputatlar, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibligiga 10-Toş yop saylov okrugidan deputat Ilhom Palvanov saylandi hamda sessiya kun tartibi va reglamenti tasdiqlandi.
Sessiyada dastlab Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş qöşimça çora tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan 2022-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi böyiça tuman hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Nodirbek Kamolovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda qayd qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga asosan 2022-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi işlab çiqilmoqda. Mazkur dastur doirasida tuman hududidagi 25 ta mahallada umumiy qiymati 22 mlrd 209 mln. söm mablağ evaziga quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilişi közda tutilgan.
Dastur doirasida jami 19 ta mahallada umumiy qiymati 11 mlrd 753 mln. söm mablağ evaziga 50,3 km içki yöllarni taʼmirlaş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, Namuna mahallasi hududida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 3 mlrd 242 mln. sömga suvni çuçuklaştiruvçi stantsiya va 7,1 km suv tarmoqlarini yangidan quriş hamda mavjud 1,4 km suv tarmoğini mukammal taʼmirlaş, Qipçoq şaharçasi hududida elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 100 mln. sömga 248-sonli transformatordan çiquvçi tarmoqqa yangidan 2 km kabellar tortiş, Döstlik mahallasi hududida 350 mln. sömga yangidan bolalar maydonçasi quriş, Xizr eli va Yuqori qişloq mahalla fuqarolar yiğinlarining har biriga 450 mln. sömga yangidan zamonaviy mahalla binolari quriş közda tutilmoqda.
Şuningdek, Qum yop mahallasi hududida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 5 mlrd 100 mln. sömga suvni çuçuklaştiruvçi stantsiya quriş va 10,1 km suv tarmoqlarini tortiş ham rejaga kiritilgan.
Deputatlar tuman hokimi örinbosariga uşbu manzilli dasturga oid turli savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldi.
Muhokamalardan keyin kun tartibidagi mazkur masala böyiça xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarori qabul qilindi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayevning hisoboti tinglandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi, şuningdek Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorlarga asosan har çorak yakuni böyiça mahalliy byudjetning ortirib bajarilgan qismining 15 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga, 30 foizi jamoatçilik fikri asosida şaklantirilgan “Taşabbusli byudjet” jamğarmasiga hamda 15 foizi “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvatlaş jamğarmasiga ötkaziş belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, deputatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengisining tegişli qaroriga asosan tuman mahalliy byudjetning 3-çorakda orttirib bajarilgan qismidan “Ayollar daftari”, “Taşabbusli byudjet” hamda “Yoşlar daftari” jamğarmalariga mablağlar ajratilişi uçun ovoz berdilar.
Kun tartibidagi barça masalalar atrofliça muhokama qilinib, xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶