JORIY YILNING ÖTGAN 9 OYIDA TEZ TIBBIY YoRDAM BÖLIMI 37744 NAFAR BEMORGA TEZ TIBBIY YoRDAM KÖRSATDI
Mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, fuqarolarning soğliqni saqlaşga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanişini taʼminlaş, fuqarolarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, aholi barça qatlamlarining tibbiy xizmatdan foydalanişi uçun şaroit yaratiş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Sohada amalga oşirilayotgan islohotlar tez tibbiy yordam körsatiş sifati yaxşilanişi, hayot uçun xavf tuğdiruvçi holatlarda bemorlarga tezkor tibbiy yordam beriş imkonini berayapti.
Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasining tez tibbiy yordam bölimi tuman aholisiga zarurat tuğilganda keça-yu kunduz uzluksiz tez tibbiy yordam körsatmoqda. Buning uçun 15 ta brigada faoliyati yölga qöyilgan bölib, çaqiruv bölgan hududga eng yaqin joylaşgan brigada çaqiruvga tezkor yönaltiriladi. Bu amaliyot soğliği xavf ostida qolgan bemorga qisqa fursatda tibbiy yordam körsatilişini taʼminlaydi.
Çaqiriqlarni qisqa “103” liniyasi orqali beriş yölga qöyilgan. Dispetçer xonasida manitor örnatilgan. Bu bölimning barça avtomaşinalariga sunʼiy yöldoş orqali kuzatuv tizimi örnatilganligi tufayli harakatlanişini onlayn kuzatib boriş imkonini beradi. Şu tariqa çaqiruvga tez tibbiy yordam xodimlari tezkor yetib boradi.
Tumanimiz aholisiga tez tibbiy yordam körsatişda 37 nafar asosiy va 54 nafar örindoş şifokorlar, 141 nafar örta tibbiyot xodimlari mehnat qilişmoqda. Şifokorlarning 52 nafari malaka toifasiga ega. Çaqiruvga öz vaqtida yetib borişida 15 ta avtomaşinalar xizmatidan foydalaniladi. Bölim reanimobil avtomaşinasi, umumtarmoq brigadalar maşinalari kerakli asbob-uskunalar, jihozlar bilan taʼminlangan.
Şuningdek, bölimda tez tibbiy yordam körsatilişi uçun 41 nomdagi dori preparatlari bilan taʼminlangan.
Bölim tibbiyot xodimlarining çaqiruv bölganda bemorga birinçi tez va sifatli tibbiy yordam körsatişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bundan unumli foydalanib, xalqimiz soğliğini saqlaş yölida fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.
Joriy yilimizning ötgan 9 oyi davomida bölimimizga 38 ming 5 ta murojaatlar kelib tuşdi. Şundan 37 ming 741 nafar bemorga tez tibbiy yordam körsatilgan.
Jami çaqiriqlarning 914 tasi baxtsiz hodisalar, 1909 tasi şoşilinç çaqiriqlar, 16337 tasi şoşilinç bölmagan çaqiriqlar, 1472 tasi tuğruq va homiladorlar patalogiyasi böyiça çaqiriqlar, 19 tasi esa şifoxonadan şifoxonaga taşişlarni taşkil etadi.
Bölimda 1889 nafar bemorga ambulator yordam körsatildi. Har bir çaqiriqqa sarflangan dori-darmon 6416 sömlikdan ziyodni taşkil etadi.
Bizning bölimimiz şifokorlari zimmasidagi vazifa juda masʼuliyatli: tezkor tibbiy yordamga muhtoj insonga aniq taşxis qöyib, tez tibbiy yordam körsatiş. Bu yölda bor kuç va imkoniyatlarimizni sarflayveramiz.
K.ŞABAYeV, tuman Tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶