BOTULIZIM KASALLIGINING OLDINI OLIShGA DOIR MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI TAShKIL ETILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining shu yil 14-yanvar kunidagi “Respublika aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha 2021-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2022-yildagi vazifalar toʻgʻrisida” gi tegishli buyrugʻiga asosan amaliy maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
Joriy yilning 9-noyabr kuni “Oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishlar bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olishda FVDqT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida tashkil etilgan mazkur tadbirda dastlab Durunki mahalla fuqarolar yigʻini binosining majlislar zalida seminar oʻtkazildi.
Seminarni tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari S.Berdekeyev ochib berdi. Seminar davomida tuman SEO va JS boʻlimi shifokori M.Amanqulov botulizm kasalligining kelib chiqish sabablari hamda belgilari, uni davolash usullari toʻgʻrisida tushunchalar berdi. Shuningdek, yil davomida ovqatdan zaharlanish holatidan shikoyat qilgan bemorlar orasida voyaga yetmagan yoshlar koʻpchilikni tashkil qilishi, bozorlardagi konserva mahsulotlarini xarid qilishda saqlanish muddatiga eʼtibor qaratish, uyda qoʻlbola usulda pomidor va bodringlardan banka yopishda tozalikka amal qilish, isteʼmol qilishdan oldin suvi, taʼmi va hidi oʻzgarmaganligi, oʻzgargan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kabilar tushuntirildi, oʻquv mashqi ishtirokchilariga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
Oʻquv mashqining amaliy qismida bozordagi qoʻlbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlardan isteʼmol qilgan fuqaroning oʻz uyida sogʻligi yomonlashgani, tez tibbiy yordam chaqirilgani, botulizm kasalligiga gumon qilinib, tuman Tibbiyot birlashmasiga olib ketilgani, bunday bemorga tibbiy muolaja qilish tartibi koʻrsatib berildi. Keyin SEO vaJSB xodimlari voqea joyini oʻrganib, qoʻlbola usulda tayyorlangan konserva mahsulotlardan namunalar olib laboratoriyada tekshirishdi. Shunga koʻra bozordagi sotuvchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, eslatmalar tarqatildi.
Oʻquv mashqiga jami 57 nafar fuqaro, 4 ta maxsus texnikalar jalb qilindi. Oʻtkazilgan tadbir natijalariga koʻra Durunki mahallasining fuqaro muhofazasi guruhlari “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
H.Matyakubov, tuman FVB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶