28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:22
Jamiyat 👁 301

OʻQUVChI-YoShLAR OʻRTASIDA “KONSTITUTsIYa BILIMDONI” KOʻRIK-TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

OʻQUVChI-YoShLAR OʻRTASIDA “KONSTITUTsIYa BILIMDONI” KOʻRIK-TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

Bosh qomusimiz boʻlmish Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini bilish, undagi moddalarni oʻrganish har bir yurtdoshimizning fuqarolik burchi hisoblanadi. Amaldagi qonunlarimizning jamiyatimizda, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilinishi ularning huquqiy savodxonligini oshirishda, jamoatchilik nazorati shakllanishida hamda mamlakatimizda qonun ustuvorligi taminlanishida muhim oʻrin tutadi.

12-noyabr kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Adolat” sotsial demokratik partiyasining Amudaryo tuman Kengashi tomonidan “Vatan kelajagi yoshlar qoʻlida” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Oʻktam Yoʻldoshev soʻzga chiqdi va bu kabi tanlovlar yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini yuksaltirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlagan holda ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklarini taʼminlash, jamiyatda, ayniqsa, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni shakllantirishni oʻz ustuvor vazifalaridan deb belgilaganligini alohida eʼtirof etdi.

Shundan soʻng, ishtirokchilarni adolatli baholash va jarayonni nazorat qilib borilishini taʼminlash maqsadida tanlov nizomiga koʻra hakamlar hayʼati saylab olindi. Hayʼat aʼzoligiga partiya fraktsiyasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mansur Oʻrozboyev, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Oʻktam Yoʻldoshev, partiyaning xotin-qizlar qanoti raisi Nasiba Hayitmurodova, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Farrux Qodirberganovlar bir ovozdan maʼqullandi.

Tanlovda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Baxtiyorova, Amudaryo muhandislik texnukumining 2-kurs talabasi Shahlo Ibodullayeva, 40-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Shirin Sharipovalar gʻoliblik uchun tengdoshlari bilan oʻzaro bahsga kirishishdi.

Tanlov nizomiga asosan ishtirokchilarning bilimlari “Tanishuv”, “Savol-javob” hamda “Erkin mavzu” shartlari asosida baholab borildi.

Jarayon davomida yoshlar maxsus tayyorlangan savollarga batafsil javob berishdi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda amaldagi Qonun hujjatlaridan xabardorligini, siyosiy-huquqiy bilimlarini namoyon etishdi.

Koʻrik-tanlov ishtirokchilari oʻz chiqishlarida Konstitutsiya va qonunlarni bilgan kishi oʻz xatti-harakatini qonun doirasida amalga oshirishini, boshqalarning hamda jamiyat va davlatning huquq va erkini hurmat qilishini qayd etishdi.

Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga koʻra 40-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Shirin Sharipova 1-oʻrin, Amudaryo muhandislik texnikumining 2-kurs talabasi Shahlo Ibodullayeva 2-oʻrin, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Baxtiyorova 3-oʻrinni egalladi. Ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Shirin Sharipovaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.

Partiya tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovi oʻquvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga ularni Konstitutsiyaning har bir moddasini uqib olishga, mazmunan anglashga undashi bilan ahamiyatlidir.

Shohzod Qurbonboyev, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026