FAXRIY JURNALIST SAʼDULLA XÖJANIYoZOVNING YaNGI KITOBI MUXLISLARGA TAQDIM ETILDI
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist, ustoz Saʼdulla Xöjaniyozovning "Körganlarim, eşitganlarim" kitobi yaqindagina naşrdan çiqdi. Uşbu töplamda ustozimizning umri mobaynida özi guvohi bölgan voqealar, obrazlar va xotiralardan iborat fardlari, hikoyalari va şeʼrlari örin olgan. Asar qalamkaşning körganlari, bilganlari va eşitganlari asosida yaralgan.
Yaqinda "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatida mazkur töplamning taqdimot marosimi bölib ötdi. Tadbirda bolalar adabiyoti böyiça nazariyotçi olim, pedagogika fanlari doktori, professor Safo Matjon, "Taraqqiyot közgusi" gazetasi boş muharriri Ğulomjon Yeşniyozov, jurnalistlar Robiya Yöldoşeva, Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar hamda tumandagi bir qator ijodkorlar iştirok etişdi. Taqdimotda dastlab olim Safo Matjon sözga çiqib, ijodkorni yangi kitobi bilan tabrikladi va Saʼdulla Xöjaniyozovning serqirra ijodi haqida söz yuritib, şeʼrlaridan samimiylik, yoşlik, muhabbat ruhi ufurib turganini aytib ötdi.
Şundan söng, yiğilganlar kitobdan örin olgan fardlarning mazmuni, qalamkaşning talabalik yillarini xotirlab yozgan hikoyalarining mohiyatini tahlil qilişdi. Taqdimotda qatnaşayotgan jurnalistlar Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşeva hamda Ozoda Xudoyberganovalar ham sözga çiqib, ustozning keyingi ijodiy faoliyatiga kuç-ğayrat, yangi-yangi ijod namunalari yaralişida ilhom aslo tark etmasligini tilaşdi va avvalgi kitoblari kabi uşbu kitob ham öz muxlislariga ega bölişini taʼkidlaşdi.
"Körganlarim, eşitganlarim" kitobining taşqi muqovasida saxiy kuz manzarasi aks etgan. Bu esa ijodkor umrining ayni pallasiga mos keladi. Ammo bugun sakson bilan yuzlaşgan ustoz Saʼdulla Xöjaniyozovning qalbidan, ijodidan hamişa bahor nafasi ufurib turadi. Işonamizki, ijodkor bundan ilhomlanib, muxlislariga yangidan-yangi ijod namunalarini taqdim qilişda davom etadi.
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶