28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Fan va taʼlim 👁 239

18-sonli maktabda “English party” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi

18-sonli maktabda “English party” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi

Keyingi yillarda jamiyatning turli sohalaridagi taraqqiyot natijasida chet tillarini biladigan mutaxassislarga boʻlgan talab ortib, chet tililarning oʻrni tobora mustahkamlanib bormoqda. Jahonga yuz tutgan ilgʻor davlatlar mehnat bozorining asosiy talabi − chet tilida bemalol muloqot qila oladigan, kompyuter texnologiyalaridan xabardor, innovatsion gʻoyalarga boy va oʻz uslubiga ega boʻlgan kadrlardir. Shu sababli ham bugungi kunda mamlakatimizda chet tillarini oʻrganish va oʻrgatishga boʻlgan eʼtibor har qachongidan ham kuchliroqdir.

Qolaversa, xalqimizda qadimdan “Til bilgan – el bilar” degan naql bor. Oʻz ona tilidan tashqari boshqa xalqlar tilini oʻrgangan insonning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng boʻlibgina qolmay, oʻsha xalqning urf-odati, madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori ham aynan shu maqsadlarga qaratilgan boʻlib, mazkur hujjat xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish darajasining yanada oshishida muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Umumtaʼlim maktablarida noyabr oyi xorijiy tillar oyligi deb eʼlon qilingani esa oʻquvchilarning chet tillarini oʻrganish koʻnikmalarini yanada oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

26-noyabr kuni Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 18-sonli umumtaʼlim maktabida xorijiy tillar fan oyligi doirasida “English party” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda maktabning ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, fan oʻqituvchilari, oʻquvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirni maktabning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Nurulla Xoʻjametov ochib berdi hamda oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻrganishning afzalliklari, til bilgan inson qanday muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligiga hayotiy misollar orqali toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda maktab oʻquvchilari oʻzlarining tayyorlagan goʻzal raqslari, sahna koʻrinishlarini ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilishdi.

Maktabning 7-sinf oʻquvchilari tomonidan “Sholgʻom” ertagi ingliz tilida namoyish etilgani barcha oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. 10-sinf oʻquvchilari esa ingliz tilida oʻquvchilarning talaffuzida roʻy berib turadigan muammolarni hajviy tarzda namoyish qilib, barchaning kayfiyatini koʻtarishdi.

Tadbir yakunida maktabning 1-toifali ingliz tili fani oʻqituvchilari Dilafroʻz Toʻrayeva va Sanʼat Jumamuradovlar oʻquvchilarga oʻzlarinig eng ezgu tilaklarini bildirib, tadbirga yakun yasadilar.

Maktablarda chet tilini oʻrganishdan asosiy maqsad – maktab oʻquvchilari oʻrtasida tilga boʻlgan qiziqishni orttirish va chet tilida muloqotni maktab davrida shakllantirishdan iborat.

Umumtaʼlim maktablarda chet tili fani oyligi doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar esa oʻquvchilarning bilim doirasi yanada oshishiga, nutqining rivojlanishiga, ularning oʻz isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlarida muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Quvonarlisi, oylik doirasida boʻlib oʻtayotgan har bir tadbirda oʻquvchilar faol ishtirok etishmoqda. Mazkur tadbir ham oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga qiziqishlarini yanada oshirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026