1-SONLI MAKTABDA XORIJIY TILLAR FAN OYLIGI YaKUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Noyabr oyining oxirgi haftasida umumtaʼlim maktablarida ötkazilgan xorijiy tillar fan oyligi doirasidagi tadbirlar umumlaştirilib, uşbu tadbirlarning öquvçi-yoşlar bilim va iqtidorlarini rivojlantirişdagi ahamiyati xorijiy tillar uslubbirlaşmasi aʼzolari tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Bu borada Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 1-sonli umumtaʼlim maktabining xorijiy tillar uslubbirlaşmasi aʼzolari ham sezilarli yutuqlarga erişdilar. Xususan, fan oyligi davomida maktabning faol öqituvçilari Muhabbat Xudoyberganova, Zevar Atajanova, Fariza Rajabova, Muhammadjon Madaminovlar özaro hamkorlik asosida iş yuritişib, noyabr oyining har bir haftasida mavzulaştirilgan oçiq darslar, sinflararo va har bir sinfda guruhlararo qiziqarli savol-javob keçalari, zakovat öyinlari, topişmoqlar, tez aytişlar, şeʼriy bahslaşuvlar taşkil etişib, öquvçilarning xorijiy tillarni örganişga bölgan iştiyoq va iqtidorlarini rağbatlantirib bordilar.
Bu tadbirlarda öquvçilar bir-birlari bilan ingliz tilida muloqotlar olib bordilar, inglizça şeʼrlar aytib, aşula va raqslar ijro etdilar. Ingliz adabiyoti namoyondalarining asarlari qahramonlari haqida hikoya qilişib, jonajon Özbekistonimiz haqidagi ğurur va iftixor tuyğularini ingliz tilida ifodalab berdilar.
Fan oyligining sönggi haftasi yanada qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Öquvçilar yangi öquv yilining 1-çoragida ingliz tilidan olgan bilim va könikmalarini sahna körinişlari, ingliz tilida özlari yozgan inşo va bayonlar orqali namoyiş etdilar.
Şuningdek, fan oyligi davomida 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan alohida tadbir ötkazilib, öquvçilar Özbekiston bayroği qabul qiliniş tarixi va bayroq ranglarining ramziy maʼnolari haqida ingliz tilida öz fikrlarini bayon qilişib, sana munosabati bilan şeʼrlar aytdilar va mustaqillikni madh etuvçi aşulalarni ingliz tilida ijro etdilar.
Fan oyligining yakuniy tadbirida 7-sinf öquvçilari örtasida “Happy english” mavzusida bellaşuv ötkazildi. Unda öquvçilar 2022-2023 öquv yilida joriy etilgan yangi ingliz tili darsligi orqali öquv yilining 1-çoragida olgan bilimlari, yangi namunadagi darslikning afzallik tomonlari haqida fikr yuritişib, özlarining xorijiy tillarni örganiş jarayonida erişayotgan yutuqlari xususida inglizça muloqot taşkil etişdi. Şu orqali öquvçi öquvçining bilimini sinovdan ötkazib, biri-biridan örganiş va biri-biriga örgatiş, yaʼni örgan va örgan tamoyilini amalda namoyiş etdilar.
Fan oyligining umumlaştirilgan yakuniy tadbiri öquvçilarning birinçi çoraklik davrida egallagan bilim va salohiyatlarini şaffoflik asosida baholaş imkonini berdi va bu xorijiy tillar öqituvçilari uçun bir-birlarining tajribalarini örganiş hamda amaliyotda qöllaş imkonini yaratdi.
Xorijiy tillar fan oyligining yakuniga bağişlangan tadbir yakunida oylik doirasidagi tadbirlarda faol iştirok etgan öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yoriqlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶