ELNING FAXRI BÖLIB YuRING, FAXRIDDIN!
Issiq jon isitmasiz bölmas, deyişadi. Inson yoşi ulğaygan sari bu hikmatning mazmun-mohiyatini öz tanasida keçayotgan özgarişlar orqali his qilib, anglab boraverarkan. Yaqinda men ham oğir dard bilan olişganimda buni yaqqol his etdim.
“Men soğlomman”, deyişdan oldin öz vujudingda yuz berayotgan keksalikka xos özgarişlarga sal eʼtiborliroq böliş kerakligini bemor bölgaç tuşundim.
Meni nevrolog-endokrinolog qabuliga olib borişdi. Ahvolimni yaxşilab tekşiruvdan ötkazgan endokrinolog şifokor Faxriddin Ibodullayev:
- Raʼnojon opa, biz uç tarafmiz, siz, men va kasallik, - dedi muloyimlik bilan. – Xuddi maşhur rus masalçisi Krilov yozganidek, uçalamiz birlaşsak, yutamiz, aksinça bölsa, yutqazamiz.
Men Faxriddinning barça tavsiyalariga amal qilib, tez kunda oğir darddan xalos böldim. U meni nafaqat dori-darmon, balki odamning könglini östirib yuboradigan şirin muomalasi bilan ham davoladi. Uning bemorlarga bölgan munosabati, şifokorlik etikasi va madaniyatidan mamnun böldim. Töğrisi, özimizning Manğit şahrida ham şunday iqtidorli, tajribali şifokorlar borligidan quvondim. Ayrim yurtdoşlarimizning dardlariga şifo izlab, olis-olis yurtlarga, Toşkent-u vodiy viloyatlariga borib, ortiqça mablağ sarflab yurganlarini öylab, töğrisi, açindim.
Oldingdan oqqan suvning qadri bölmas, deganlaridek, Faxriddin Ibodullayev kabi şifokorlarimizning qadr-qimmatini joyiga qöyiş, ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz tarğibot qilinayotgan ayrim tabib va şifokorlarning nayranglariga uçmasdan, aql bilan iş yuritişimiz kerak, azizlar. Töğrisini aytay, mingta “Guanjou” kabi soxta klinikalardan birgina Faxriddin Ibodullayev kabi bilimdon, salohiyatli şifokor afzal, şunday emasmi?
Şaxsan men bu şifokorning muolaja usulidan ham, odamgarçiligidan ham minnatdorman. Qölingiz aslo dard körmasin, elning faxri bölib yuring, Faxriddin.
Raʼno Olloyorova, Özbekiston MFY.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶