28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Fan va taʼlim 👁 312

BEShTOM MAHALLASIDAGI 24-SONLI MAKTABDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

BEShTOM MAHALLASIDAGI 24-SONLI MAKTABDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Respublikamizda 1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, qoraqalpoq tili bayrami sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilda ham ushbu sanaga 33-yil toʻlgani munosabati bilan katta bayram tadbirlari tashkil etildi.

Amudaryo tumanining Beshtom mahallasidagi qozoq va oʻzbek tiliga ixtisoslashgan 24-sonli maktabda qoraqalpoq tili bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchilari va oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan ushbu tadbirda tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi maʼsul xodimlari ham ishtirok etishdi. Tadbirni maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Guloyim Umirbekova ochib berdi va barchani bayram bilan tabrikladi.

Aytish joizki, mazkur maktabda 333 nafar oʻquvchiga 48 nafar malakali pedagoglar tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda. Oʻzbek va qozoq tiliga ixtisoslashgan ushbu maktabda ikki navbatda 11 ta sinfda oʻzbek va 9 ta sinfda qozoq tillarida taʼlim berilmoqda. Tajribali oʻqituvchilardan bilim olayotgan oʻquvchilar tuman va respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan turli tadbir va tanlovlarda ishtirok etib, yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda.

Tadbirda maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Qamashay Jagʻalova soʻzga chiqib, maʼruza qildi va davlat tomonidan tilni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga keng toʻxtalib oʻtdi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida davlat tilimiz xalqaro loyihalar asosida tadqiq etilayotgani, Turkiyaning Izmir universitetida qoraqalpoq tili oʻrgatilayotganini faxr bilan eʼtirof etdi. Shuningdek, yangi lotin grafikasi asosida qoraqalpoq tili imlo lugʻati chop etilgani, Navoiy davlat pedagogika institutida qoraqalpoq tili va adabiyoti yoʻnalishi ochilgani, Qurʼon maʼnolari va boshqa bir qator diniy kitoblarning qoraqalpoq tilidagi tarjimalari nashr qilingani, bu davlat tilimizga, xalqimiz maʼnaviyatiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik namunasi ekanligini toʻlqinlanib soʻzladi.

Shundan soʻng, maktab oʻquvchilari tomonidan qoraqalpoq tilida sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etildi. Milliy raqslari va qiziqarli sahna qoʻrinishlarini namoyish etib, tadbirga oʻzgacha fayz baxsh etishdi. Qoraqalpoq xalq shoirlari ijodidan namunalarni ifodali tarzda aytib berishdi. Tadbir davomida insholar tanlovi oʻtkazildi va gʻoliblar shu yerning oʻzida aniqlanib, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tadbirga tashrif buyurgan tuman hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼullari ham soʻzga chiqib, yurtimizda davlat tili boʻlgan qoraqalpoq tilini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor, ushbu tilda ijod qilib, badiiy asarlar yaratgan buyuk adiblar haqida soʻzlashdi. Undan tashqari, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur oʻrganishga ixtisoslashtirilgan ijod maktabining ochilganini, Chimboy tumanida qoraqalpoq adabiyotining zabardast vakillari Kunxoʻja va Berdaq shoirlarning xotirasiga maqbara va muzey qurilgani, ulugʻ shoirlar Berdaq, Ajiniyoz va Ibroyim Yusupovlar asarlarini keng koʻlamda oʻrganilayotganini alohida qayd etishdi.

Qiziqarli oʻtgan tadbir davomida oʻquvchilar qoraqalpoq tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi obroʻsi va nufuzini yanada oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizda davlat tilini toʻliq joriy qilishni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va shu kabi boshqa maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026