ÇAQIRUVGA QADAR BOŞLANĞIÇ TAYYoRGARLIK FANI ÖQITUVÇILARI ÖRTASIDA TENNIS MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
5-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida tuman xalq taʼlimi bölimi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari iştirokida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilarining jismoniy imkoniyatlari, bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazişga bağişlangan tadbir ötkazildi. Unda Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodov, Mudofaa işlari bölimi boşliğining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari Zokirjon Saʼdullayevlar iştirok etişdi.
Tadbirda zamonaviy çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilariga qöyiladigan talablar haqida Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodov batafsil söz yuritdi va barçani 8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Şundan söng, tadbirda iştirok etayotgan öqituvçilarning bilim va jismoniy imkoniyatlari, irodasi va kuçini sinovdan ötkaziş maqsadida ular örtasida sportning tennis turi böyiça musobaqa taşkil etildi. Qizğin va qiziqarli bahslar asosida ötkazilgan tennis musobaqasida tuman Xalq taʼlimi bölimi tasarrufidagi deyarli barça umumtaʼlim maktablarining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari faol iştirok etdilar.
Maʼlumki, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi bölib, yoşlarda Vatanni fidokorona himoya qilişga tayyorlik va bunga qodirlikni şakllantirişga yönaltirilgan. Uning maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy asosi esa Vatanni himoya qiliş töğrisidagi tegişli ilm-fan sohalarini puxta özlaştiriş, şu bilan birga ajdodlarimizning tarixiy va zamonaviy amaliy tajribalari, ilmiy merosi hamda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bilan boğliq umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy qatʼiy talablarga uzviy amal qilişdan iboratdir.
Uşbu öta muhim vazifani amalga oşirişning ilk bosqiçi – yoşlarda mafkuraviy immunitetni kuçaytiriş, ularni turli yot ğoya va tahdidlardan asraş, öz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalaş vazifasi umumtaʼlim maktablarining çaqiriqqa qadar bölgan yoşlarni tayyorlaş fani öqituvçilari zimmasiga yuklatilgan. Çunki Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek: “tarbiya va taʼlimni bir-biridan alohida ajratib bölmaydi, bu ikki jarayon özaro uyğun, uzluksiz asosda taşkil etilgandagina odobli, yuksak maʼnaviyatli, bilimdon, zukko, ruhan va jismonan soğlom, keng dunyoqaraş, tafakkur va zamonaviy kasb-hunar egasi bölgan yoşlar” aynan ana şu – çaqiriqqa qadar bölgan yoşlarni tayyorlaş böyiça fan öqituvçilari taʼlim-tarbiyasi tufayli çiniqib boradilar. Albatta, bunday zukko yoşlarni çaqiriqqa qadar tayyorlaşda uşbu fan öqituvçilarining özlari jismonan kuçli, irodali va maʼnaviyatli, bilimdon mutaxassislar bölmoği joiz.
Musobaqa yakunida eng çiroyli öyin körsatgan iştirokçi, eng yaxşi raketka ustasi, eng kuçli va irodali sportçi, eng bilimdon va zukko çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi yönalişlari böyiça ğoliblarga tadbir taşkilotçilari tomonidan sovğalar berildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir umumtaʼlim maktablarining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilarini öz sohalari böyiça yanada faol va bilimdon böliş sari ilhomlantirgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶