28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:13
Siyosat 👁 372

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tumanimiz xalqiga bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi  munosabati bilan tumanimiz xalqiga bayram tabrigi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Avvalo, Siz azizlarni, Sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Qadrli yurtdoshlar!

Bosh Qomusimiz boʻlgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori, xalqimiz erkin va farovon turmush kechirishining qonuniy kafolati boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan yillar davomida davlatimiz va jamiyatimiz hayotida juda katta yangilanishlar roʻy bermoqda. Asosiy Qonunimizda belgilangan xalq manfaatining hamma narsadan ustunligi, erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi tamoyillari nafaqat Konstitutsiyamizda, balki amalda ham davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Konstitutsiyamizdagi “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan tamoyildan kelib chiqib aholi bilan doimiy muloqot qilish davlat idoralarining bosh vazifasi etib belgilandi. Davlat organlari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan, ularning muammolarini tinglab, hal qiladigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi.

Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik amalda taʼminlanib, muhim qaror va qonunlar loyihalari muhokamalarida fuqarolarimiz ham faol ishtirok etmoqda. Byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari va boshqa koʻplab masalalar boʻyicha muhim koʻrsatkichlar jamoatchilikka ochiq taqdim qilinmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, Bosh Qomusimiz yurtimizda ozod va obod, demokratik jamiyat barpo etishning mustahkam huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.

Bosh Qomusimizda “Davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi” deya belgilab qoʻyilgan.

Shundan kelib chiqqan holda yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilish, kambagʻallikni qisqartirish, hududlarni izchil rivojlantirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Shu maqsadda joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimlari bugungi kunga kelib dastlabki ijobiy natijalarini bermoqda.

Tumanimizda ham ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan jami 602 nafar ishsiz fuqaroga joriy yil boshidan beri 2,4 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratilib, bandligi taʼminlandi. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish”  dasturi doirasida 3 090 nafar fuqaroga salkam 51 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi.

Birgina “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingan joriy yilda jami 77 ta obʼektlarda 112,3 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan insonparvar tamoyillarning hayotiy ifodasidir.

Albatta, bugungi tezkor davr amaldagi Konstitutsiyamizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Zero, har qanday islohot kuchli konstitutsiyaviy-huquqiy asosga tayansagina, koʻzlangan natijalarga erishiladi. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasiga qoʻyildi. 2 oydan koʻp vaqt mobaynida aholining barcha qatlamlarini qamrab olgan holda, ochiqlik va oshkoralik printsiplari asosida takliflar qabul qilindi.

Natijada Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqildi. “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi –  xalqdir”, degan tamoyilga asoslangan ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar xalqimiz hayotining yanada farvon boʻlishiga, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilishiga asos boʻladi.

Aziz yurtdoshlar!

Fursatdan foydalanib, yana bir bora Siz azizlarni, Sizning timsolingizda butun tumanimiz ahlini Konstitutsiyamizning 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman! Xonadonlarimizni, goʻzal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yillik bayrami barchangizga muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026