Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida tuman hokimi hudud yoşlari bilan uçraşdi
Yoşlar - kelajagimiz. Ular ertamiz egalaridir. Bugun yoş avlod kamoloti yölida taşlangan har bir qadam farzandlarimizning porloq istiqboli va jonajon Özbekistonimizning nurli ertasi yölida qöyilgan odimlar hisoblanadi. Şu örinda eʼtirof etiş joizki, Amudaryo tumanida ham yoşlar kamoloti yölida köpgina samarali işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, bunda tumanning eng çekka hududlarida istiqomat qiluvçi yoşlarning muammolarini örganiş va ijobiy hal qilişga alohida eʼtibor berilmoqda.
Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida tuman hokimi va Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini yoşlari bilan taşkil etilgan navbatdagi uçraşuvda ham yoşlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar muhokama qilinib, kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yoşlarning bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş, tadbirkorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtalib ötdi. Undan taşqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarga körsatilayotgan yordamlar haqida ham batafsil maʼlumot berdi.
Şuningdek, har bir mahallada faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari yoşlarning isteʼdodlarini yuzaga çiqarişda, muammolarini hal etişda tizimli ravişda işlar taşkil etayotgani, bu orqali esa yoşlar tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlar sezilarli darajada kamayganini aytib ötdi.
Tuman hokimi öz nutqida yakunlanayotgan yil yoşlar uçun yangidan yangi imkoniyatlar eşigini oçganligini, mazkur yilda har bir fuqaroning murojaatlari imkon qadar ijobiy hal qilinganini aytib, 2023-yilda yoşlar bandligini taʼminlaşga doir rejalar xususida aytib ötdi.
Şundan söng, hududning faol yoşlari 2022-yilda erişgan muvaffaqiyatlari va 2023-yilda öz oldiga qöygan maqsadlarini yiğilganlar bilan örtoqlaşdilar.
Hokim va yoşlar uçraşuvida yoşlardan 2 nafari payvandlaş uskunasini subsidiya asosida olişda amaliy yordam söradi. Murojaatlar yuzasidan Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi masʼullariga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Uçraşuvda yoşlar hayotida uçrayotgan maişiy muammolar ham tinglanib, ular ham özining ijobiy yeçimini topdi.
Mamlakatizda yoş avlodga qaratilayotgan alohida eʼtibor va ğamxörlik özining ijobiy natijasini berib kelmoqda. Jumladan, yoşlarni sport, taʼlim, axborot texnologiyalari kabi sohalarga keng jalb qiliş maqsadida ötkazilib kelinayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida isteʼdodli va qobiliyatli, bilimli yoşlar kaşf etilmoqda.
Amudaryo tumanida ham olimpiadaning 2-mavsumida bir guruh yoşlarimiz oltin, kumuş medallarni qölga kiritişdi. Yoşlarimizning erişayotgan bu kabi muvaffaqiyatlari yoşlar uçun yaratilgan imkoniyat va şaroitlarning yorqin namunasidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶