Atoqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Musa Tajetdinoviç Yerniyazovning xotira keçasi bölib ötdi
Şu yilning 5-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Atoqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Musa Tajetdinoviç Yerniyazovning 75 yilligini keng tarzda nişonlaş töğrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq 19-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida xotira keçasi bölib ötdi.
“Atoqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Musa Tajetdinoviç Yerniyazovning mehnat yöli – ibrat maktabi” nomli xotira keçasida tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, fuqarolar yiğinlari raislari, nuroniylar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi. Tadbir avvalida ustoz sanʼatkorlar tomonidan mumtoz navolar ijro etildi.
Xotira keçasida Musa Tajetdinoviç Yerniyazovning porloq xotirasiga bağişlab “Özbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan hujjatli film namoyiş etildi.
Stsenariy muallifi Kenesbay Karimov marhumning umri davomida uçragan tösiq va qiyinçiliklarga qaramasdan qoraqalpoq xalqi uçun çin dildan fidokorona xizmat qilganligini uning zamondoşlari, hamkasblari, yaqinlarining xotiralari, samimiy fikrlari orqali töliq gavdalantirib bergan.
Xotira keçasida tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov Musa Yerniyazovning 18-yil davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi lavozimida faoliyat yuritib, Qoraqalpoğiston Respublikasining gullab-yaşnaşi yölida bor kuç, bilim va ğayratini safarbar qilganligini, har bir sohada erişilgan salmoqli yutuqlarni qoraqalpoq xalqi Musa Yerniyazovning nomi va faoliyati bilan boğlaşini aytib ötdi.
Musa Yerniyazovning amudaryoliklar uçun çindan ham qadrli el oqsoqoli bölganligi, uning tumanga bölgan taşrifi davomida aholining turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantiriş böyiça bildirgan taklif va tavsiyalari ijrosi bugungi kunda özining ijobiy samarasini berib kelayotganligi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, uning davrida Qoraqalpoğistonda boşqa sohalardan orqada qolayotgan qişloq xöjaligi sohasi gurkirab rivojlandi. Yurtimiz yirik sanoat markaziga aylandi. Katta zavod va fabrikalarning işga tuşirilişi, investitsiyalarning kirib kelişi sababli oçilgan yer osti va yer usti boyliklari bugungi kunda xalqimizning turmuşi farovonligiga xizmat qilib kelmoqda.
Xotira keçasida “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisi örinbosari Bekman Allaberganov Muhtaram Prezidentimizning boşlab bergan odilona siyosatini Musa Yerniyazov munosib davom qildirganini eʼtirof etib ötdi.
U öz nutqida Orolning çekinişi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning oldini oliş, Ustyurt, Möynoqning turmuşini yangilaşda Musa Yerniyazovning xizmatlari katta ekanligini taʼkidladi. Qolaversa, marhum davlat va jamoat arbobining Amudaryo tumanining eng olis qişloqlarida bölib, har bir soha xodimlarining muammolarini tinglaşi, ularni özining taşvişidek qabul qilib tezroq hal qilişga oşiqişi har bir rahbar uçun örnak va ibrat yöli bölib kelayotganligini aytib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar Özbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning porloq xotirasini yod etib u bilan boğliq bölgan voqealarni esga olişdi, uning xalq manfaati yölida qilgan xayrli işlarini yana bir bor eʼtirof etişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶