MAST HOLATDA TRANSPORT BOŞQARIB, TÖRT KIŞINING ÖLIMIGA SABABÇI BÖLGAN FUQAROGA JAZO TAYINLANDI
Amaldagi qonunçigimizga asosan yöllarda avtotransportlarni sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori- darmonlar taʼsirida, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi çarçoqlik va betoblik holatida, mastlik holatida boşqarişi taʼqiqlanadi.Bu qoida yöllarda harakatlaniş vaqtida yöl harakati iştirokçilarining xavfsizligini taʼminlaydi. Buni bila turib, spirtli içimlik içib rulga ötiradiganlar ham uçrab turadi.
Afsuski yöl harakati xavfsizligi xodimlari ning barça yöllarni ham biryöla nazorat qilişining imkoni yöq. Bundan foydalanib baʼzi haydovçilar mastlik holatida ham “kim bilib ötiribdi” deb avtotransport boşqaradilar. Natijada ...
Öşa kuni Örozboy (ism özgartirildi) öziga tegişli aravaçali mototsiklida odamlarning yuklarini taşib, oilasi ğamida yurgan edi. Tuşlikda topgan daromadidan quvonib ozgina aroq içib, öziça çarçoğini yozmoqçi böldi. “Ozgina”ga köngli tölmay yana içdi, yana... Açinarlisi şu holida katta qatnov yölga çiqib, tirikçilik taşvişini davom ettirmoqçi böldi. U yuqori tezlikda ketayotirib, negadir birdan orqaga qayrildi va orqasidan kelayotgan maşina u bilan töqnaşmaslik uçun yölning qarama qarşi tomonidan harakatlanib kelayotgan yuk maşinasiga borib urildi.Natijada yengil maşinada bölgan tört nafar fuqarolar olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi, tört nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, azob tortdi.
Sodir etilgan yöl transport hodisasi yuzasidan Örozboyning qarşisiga jinoyat işi oçilib, jinoyat işlari böyiça tuman sudida atrofliça muhokama etildi va qilmişiga yaraşa jazo tayinlandi. Şu örinda bir mulohaza: mast haydovçi öz aybi bilan bevaqt hayotdan köz yumgan tört fuqaro oldidagi, ularning yaqinlari oldidagi aybini qanday yuvadi? Axir hayot insonga bir martagina beriladiku!
Sultanmurat DAVLETMURATOV, Qoraqalpoğiston sudining sudʼyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶