28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:21
Fan va taʼlim 👁 417

SAVODXONLIK BAYRAMIDA QORBOBO VA QORQIZ MEHMON BOʻLDI

SAVODXONLIK BAYRAMIDA QORBOBO VA QORQIZ MEHMON BOʻLDI

Har yili Yangi yil bayrami arafasida umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilari uchun biri-biridan yorqin taassurotlarga boy bayramlar boshlanadi. Avvalo, ular oʻquv yilining birinchi yarim yilligida  egallagan bilimlarini namoyish etib, “Alifbe” bayramini shod-u xurramlik bilan nishonlaydilar. Oʻqishni oʻrgangan bolajonlarning bu quvonchlari Yangi yil shodiyonalariga ulanib ketadi.

Ana shunday qoʻshaloq bayram zavqini surgan 36-sonli umumtaʼlim maktabining 1 “A” sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan savodxonlik bayrami ham hayajonli taassurotlarga boy boʻldi. Bolajonlar bu kunga puxta taraddud koʻrdilar. Bayramona bezatilgan sinfxonada oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan plastilin oʻyinchoqlar, gulqogʻozlardan yasalgan turfa gullar, tabiat manzaralari aks ettirilgan suratlar, oʻquvchilarning eng chiroyli husnixat daftarlari, ertak qahramonlari tasvirlangan plakatlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Savodxonlik bayramiga bagʻishlangan tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov ochdi va oʻqishni oʻrgangan bolajonlarni samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng oʻquvchilar “Alifbe” kitobi boshchiligida oʻzbek tilidagi barcha  harf va tovushlar qiyofasida namoyon boʻlishib, har bir harfga monand sheʼrlar aytishdi. Qiziqarli savol-javoblar orqali oʻzlari erishgan yutuqlarni amalda koʻrsatib berishdi, qoʻshiq va raqslar ijro etishdi.

Savodxonlik bayramiga Ona tili va Oʻqish kitobi bilan Qorbobo hamda Qorqiz tashrif buyurishdi. “Alifbe”ni yaxshi oʻzlashtirgan zukko, bilimdon bolalarga Qorbobo va Qorqiz sovgʻalar ulashib, “Savodxonlik guvohnomasi”ni taqdim qilishdi. Bolalar shod-u xurramlik bilan Oʻqish va Ona tili kitoblarini qabul qilishib, yaxshi oʻqishga, Vatanga munosib farzand boʻlishga soʻz berdilar. Qorbobo va Qorqiz bilan birgalikda quvnoq raqslar, ona Vatan, binafsha, doʻstlik, tinchlik, Vatan posboni mavzularida sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etishdi.

Tadbir yakunida bolalar oʻzlariga ilm yoʻlini koʻrsatgan qadrdon “Alifbe” kitobi bilan xayrlashib, Ona tili va Oʻqish kitobi bilan ertaklar olamiga sayohat qildilar.

Savodxonlik bayrami nafaqat oʻqishni oʻrgangan bolajonlar, balki ularning ota-onalari va ustozlariga ham olam-olam zavq bagʻishladi.

Nasiba BOBOJONOVA, shu maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026