Bugun tumanning 6 ta hududida yangi sport maydonçalari foydalanişga topşirildi
Maʼlumki, muhtaram Prezidentimizning taşabbusi bilan yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadida beş bosqiçli “Beş taşabbus olimpiadasi” taşkil etilgan edi. Mazkur olimpiadaning birinçi mavsumi 30-apreldan boşlab 1iyun kuniga qadar davom etdi. Unda Amudaryo tumani yoşlari ham faol iştirok etib, faxrli örinlarni egalladilar.
Olimpiadaning Respublika bosqiçi ğoliblari qimmatbaho sovğalar bilan birgalikda öz mahallalari hududiga sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarni qölga kiritişdi.
Amudaryo tumanida ham olimpiadaning 1-mavsumida bir guruh yoşlar Özbekiston Respublikasi bosqiçida ğolib bölib, öz mahallalariga sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarni qölga kiritişgan edi.
Qisqa fursatlarda mazkur sport maydonçalari töliq qurib bitkazildi. 24-dekabr kuni tumanning 6 ta hududidagi mazkur sport maydonçalarining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari olimpiadaning tuman boskiçi ğoliblari, yoşlar yetakçilari va tumanning faol yoşlari iştirok etişdi.
Xitoy ovuli hududidagi sport maydonçasining tantanali ötgan oçiliş marosimida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mazkur olimpiadaning 1-mavsumida taşkil etilgan maʼnaviy va marifiy hamda sport tadbirlarida tumanimizdan jami 28 ming 898 nafar yoşlar faol iştirok etişganini, şulardan 41 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, Özbekiston Respublikasi bosqiçida ham faol iştirok qilişganini mamnuniyat bilan eʼtirof etib ötdi.
Sanobar Şarifboyeva Andijon viloyatida ötkazilgan musobaqada sportning şaşka turi böyiça faol qatnaşib, mahallasiga mana şunday zamonaviy tipdagi sport maydonçasining qurilişi uçun sertifikatni qölga kiritdi. Sanobarning sportdagi yutuği tufayli bugun Xitoy ovuli hududida körkam sport maydonçasi bunyod etildi. Endilikda mazkur maydonçada sport bilan şuğulangan ovul yoşlari orasidan ham yanada köplagan sportçilar yetişib çiqişi şubhasiz.
Şu kuni Zahriddin Muhammad Bobur nomli ovulda joylaşgan sport maydonçasining ham oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev ovul hududiga sport maydonçasi qurib berilişiga sababçi bölgan mahallaning faol yoşlaridan biri Umida Ibragimovaning Street Workout böyiça muvaffaqiyatli qatnaşib, ğolib bölganligini, endilikda mahalladagi har bir ösmir uşbu sport maydonçasida jismoniy salohiyatini oşiriş imkoniyatiga ega bölganligini aytib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar “Beş taşabbus olimpiadasi” köplab isteʼdodli yoşlarni kaşf etayotganligini, davlatimiz tomonidan yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor natijasida ular katta muvaffaqiyatlarga erişayotganliklarini taʼkidlab ötişdi.
Tölqin ovuli hududidagi sport maydonçasining oçiliş marosimida tuman hokimi örinbosarlari, fuqarolar yiğini masʼullari va ovul yoşlari iştirok etişdi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar olimpiadaning 1-mavsumi yakunlariga köra Respublika bosqiçida ğolib bölgan 6 nafar yoşlarning mahallalariga sport komplekslari qurib berilganini, 2-mavsumda ham tumandan 3 nafar yoşlar 1-örinni, 3 nafar yoşlar 3-örinni egallaganligini, 2023-yilda ularning ham mahallalariga sport maydonçalari qurib berilişini mamnuniyat bilan maʼlum qilişdi.
Mahallalarda barpo etilgan sport maydonçalari yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom turmuş tarziga rioyaga etişlari uçun muhim vosita bölib xizmat qilişi şubhasiz. Doston Haytboyev, Xursand Tilavmurodov, Amin Xolboyev, Mahmud Jölliboyev, Şuhrat Jölliboyev singari intiluvçan yoşlarning sportning stritbol turi böyiça erişgan ğalabalari sabab Tölqin ovulida zamonaviy tipdagi sport maydonçasi bunyod etildi.
Şu kuni Manğit şahridagi Navoiy mahallasi yoşlari uçun ham quvonçli voqea röy berdi. Yangi yil arafasida mazkur mahalla hududida ham sport maydonçasi foydalanişga topşirildi.
Maʼlumot uçun, “Beş taşabbus olimpiadasi”ning 1-mavsumida mahalla bosqiçiga 18 ming 767 nafar, sektor bosqiçiga 9 ming 359 nafar, tuman bosqiçiga 772 nafar yoşlar qamrab olindi.
Tumanimiz yoşlaridan 41 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, Özbekiston Respublikasi bosqiçida faol iştirok qilişdi. Özbekiston Respublika bosqiçida 3 nafar yoşimiz 1-örin, 3 nafar yoşimiz 2-örin egalladilar.
Undan taşqari, “Yoş kitobxon oila” yönalişida Dörman ovulida yaşovçi Örinbayevlar oilasi 1-örin sohibi bölib, Prezident sovğasi − “Spark” avtomobilini qölga kiritişdi.
Şuningdek, 24-dekabr kuni tumanning Boyovul mahallasi va Amir Temur nomli ovullarida ham şu kabi maydonçalar foydalanişga topşirildi.
Musobaqalar ğoliblari yaşovçi mahallalarga sport maydonçalarining qurib berilgani nafaqat ularga, balki mazkur hududda yaşovçi barça yoşlarga rağbat böldi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶