Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 56-sessiyasi töğrisida axborot
2022-yil 29-dekabr kuni tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi – 56-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibligiga 9-Amir Temur saylov okrugidan deputat Oybek Yusupov saylandi.
Sessiyada dastlab tumanni ijtimoiq-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev tumanda 2022-yil davomida amalga oşirilgan işlar va 2023-yilga möljallangan rejalar xususida hisobot berdi. Qayd etilganidek, 2022-yilda tuman böyiça kambağallikni qisqartiriş maqsadida amalga oşirilgan işlar natijasida 9 437 nafar aholining oilaviy daromadi oşişiga zamin yaratildi. Jumladan, 1 065 nafar fuqarolar doimiy iş bilan taʼminlandi, 3 611 nafar fuqaroning oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar evaziga bandligi taʼminlandi. 1 213 nafar fuqarolar haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qilindi. 625 nafar fuqarolarning subsidiya asosida issiqxona xamda asbob-uskunalar ajratiş orqali bandligi taʼminlandi. 2923 nafar fuqarolarga qişloq xöjaligi yerlari “E-AUKSION” savdo platformasi orqali ajratildi.
Sessiya işida tuman prokurori örinbosari Pölat Bekniyazov 2-sektorda amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlaş maqsadida 4 ta sektorga 25 mlrd 595 mln.söm pul mablağlari ajratilgan. Şundan 2-sektor hududida mahalla va ovul fuqarolar yiğinidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş maqsadida 1 mlrd. 981,2 mln sömlik 3 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Hisobotda şu va boşqa yönalişdagi işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari Xurşid Alimov sözga çiqib, 3-sektorda amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berdi. Qayd etilişiça, yakunlanayotgan yilda 3-sektor hududida 1 mlrd. 580,6 mln sömlik 5 ta loyiha amalga oşiriladi. Bugungi kunda barça obʼektlarning tender savdolari yakunlangan bölib, belgilangan tartibda pudratçi taşkilotlar quriliş işlarini boşlanmoqda.
4-sektor rahbari – tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seyitovning hisobotida keltirilişiça, 2022-yilda 4-sektor xududida 14 mlrd. 128 mln sömlik 6 ta loyiha amalga oşirilişi orqali mahalla va ovullarda mavjud muammolarni bartaraf etiş rejalaştirilgan. Jumladan, Namuna mahallasi hududida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida qiymati 5 mlrd 597,2mln. sömlik tozalangan suv tarqatiş inşootini yangidan quriş va 7,1 km uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortiş, Qumyop mahallasi hududida qiymati 6 mlrd 641,6mln. sömlik tozalangan suv tarqatiş inşootini yangidan quriş va 10,1 kmuzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortiş, şuningdek, 4-sektor hududidagi 4 ta ovul va mahallalarda umumiy qiymati 1 mlrd 889,1 mln. sömlik jami 8,1 km uzunlikdagi içki yöllarni taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Sessiya işida “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va “Ayollar daftari”dan çiqariş töğrisida tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova hisobot berdi.
Taʼkidlanganidek, tumanda joriy yilda uçinçi bosqiç “Ayollar daftari”ga jami 3810 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Şu kunga qadar 3-bosqiç “Ayollar daftari”da röyxatda turuvçi 3810 nafar xotin-qizlarning 3 803 nafariga turli yordamlar körsatilgan.
Şu bilan birga “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş” komissiyasiga murojaat qilgan 116 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 113 nafari yaraştirilişiga erişilgan. Bilib-bilmay jinoyat yöliga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar bölimining kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolingan va soğlom turmuş tarziga qaytarilgan. 16 nafar xotin-qizlarning esa kontrakt pullari tölab berilgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tuman filiali boşliği Şerzod Sultanovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda qayd etilganidek, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tumani filiali tomonidan Amudaryo tumani hududida joylaşgan yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli jami 45 ming 302 ta, köçmas mulk obʼekt mavjud bölib, şundan 42 ming 51 ta turar joy, 3 ming 251 ta noturar joy obʼektlari hisobga olingan. Şundan, 33 ming 205 ta köçmas mulk obʼektlarining huquqni tasdiqlovçi hujjatlari mavjud. 25 ming 789 ta köçmas mulk obʼektlariga esa kadastr hujjatlari tayyorlanib, davlat röyxatidan ötkazilgan. Şuningdek, filial xodimlari tomonidan tumandagi 16 ta ovul, 31 ta mahalla va 2 ta şaharça fuqarolar yiğinlari çegaralari belgilangan.
Sessiya işida “2023-yil uçun Amudaryo tumani mahalliy byudjeti xaqida”gi masala ham körib çiqildi. Amudaryo tumani Moliya bölimining mahalliy byudjet ijrosi va hisobi sektori boşliği Abay Saginbayev tumanning kelgusi yil uçun mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlari haqida batafsil axborot berdi.
Keltirilişiça, 2023-yil uçun Amudaryo tumani Mahalliy byudjetning daromadlari 77,5 mlrd söm, yuqori byudjetdan ajratiladigan transfert miqdori 165,4 mlrd. söm, jami xarajatlari esa 242,9 mlrd. söm miqdorida prognoz qilinmoqda.
Qaror loyihasida taʼlim, soğliqni saqlaş, madaniyat, sport va boşqa soha harajatlari uçun ajratiladigan mablağlar deputatlar tomonidan qizğin muhokama qilindi.
Sessiya işida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududlarida 2023-yil uçun jismoniy va yuridik şaxslarning qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlari böyiça yer soliği stavkalarining bazaviy miqdori töğrisida tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seyitovning hisoboti tinglandi. Hisobotda jismoniy şaxslar uçun yer soliği stavkasini har bir kvadrat metr yer uçun tuman markazida joylaşgan hududlarga 197,5 söm, boşqa hududlar uçun esa 145,53 söm qilib belgilaş taklif qilindi. Yuridik şaxslarning 1 gektar yer maydoni uçun yer soliği stavkasini esa tuman markazidagi hududlarga 21 million 335 ming söm, boşqa hududlarga 17 million 570 ming söm qilib belgilaş taklif etildi.
Sessiya işida kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqildi va tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶