YaNGI YIL BAYRAMIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
“Istiqlol” töyxonasida 38-IDUMning 1-sinf öquvçilari iştirokida “Yangi yil arçasi” tadbiri ötkazildi.
27-dekabr kuni bölib ötgan tadbirda boşlanğiç sinf öqituvçilari hamda öquvçilarning ota-onalari iştirok etişdi. Bayram tadbirini 38-IDUM direktori Bahrom Boltaboyev kiriş sözi bilan oçib berdi va homiylik qilgan “Istiqlol” töyxonasi rahbari Gulasal Örozimbetovaga maktab maʼmuriyati tomonidan çuqur minnatdorçilik bildirdi.
Tadbir davomida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nazokat Yusupova, 1-“A” sinf rahbari 35 yillik iş tajribasiga ega boşlanğiç sinf öqituvçisi Raʼno Avazmurodova ham homiy Gulasal Örozimbetovaga minnatdorçilik bildirib, bolajonlarning murğak qalblariga yangi yil şukuhini olib kirganligi, bunday tadbirlar bolalar örtasida özaro bir-biriga hurmat, işonç va döstona mehr-muhabbatni şakllantirişda katta ahamiyatga ega ekanligini aytib ötdi. Qolaversa, bu bolajonlar kelajakda Özbekistonning bilimli va albatta, baxtli bolalari bölişi şak-şubhasizligini, 2023-yilning yurtboşimiz tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb eʼlon qilinganini sözladi. Sözga çiqqan bir guruh ota-onalar ham barçani bayram bilan tabriklab, saxovatpeşa tadbirkor Gulasal Örozimbetovaga öz minnatdorçiliklarini izhor etdilar.
Bayram tadbirida bolajonlar özlari yod olgan şeʼr, kuy va qöşiqlar, jozibador raqslarni ijro etib, davraga özgaça fayz kiritdilar. Bolajonlarning sevimli Qorbobo va Qorqizi homiy Gulasal Örozimbetova tomonidan tayyorlangan sovğalarni taqdim etdilar.
Tadbir yakunida tadbirkor G.Örozimbetova sözga çiqib, maktab maʼmuriyati, jajji bolajonlar va ularning ota-onalarini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, kelajakda şu bolajonlar bilimli, fidoyi insonlar bölişiga tilakdoşlik bildirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶