INSON INSONDAY YaŞASA...
Yaratgan eng mukammal, eng aqlli mavjudoti bölmiş insonga öz turmuşini gözal va farovon qilişi uçun aql-zakovat ham ato etgan. Inson zoti borki, hammasi ham baxtiyor, farovon yaşagisi keladi. Çor-atrofi kökalamzor, obodon, fayzli bölişini istaydi. Saranjom-sarişta, ozoda hovli, köçalar nafaqat şu yerda yaşovçi, balki, barça körgan kişining könglini kötaradi.
Ha, şu boisdan-da ayni kunlarda tumanimizning barça hududlarida obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlariga diqqat-eʼtibor qaratilmoqda. "Taqir qalʼa”, "Ozodlik”, "Birlaşgan” aholi punktlarini öz içiga olgan "Toşyop” ovulida ham köklamning har daqiqasi ovul hududini obodonlaştiriş kökalamzorlaştirişdek xayrli amallar bilan ötmoqda. Bu işlarga ovul hududidagi umumtaʼlim maktablari öqituvçilari, öquvçilari, şuningdek, boşqada korxona, taşkilotlar mehnat jamoalari ham jalb etildi. Ular böş vaqtlarini öz hududlarini obodonlaştirişga, saranjom-sarişta qilişga, mevali, manzarali daraxtlar ötqazişga sarflamoqdalar.
Şu kungaça ovul hududidagi 56 gektar maydondagi yerlar obodonlaştirildi, 16,5 tonna çiqindi çiqarib taşlandi, 1610 metr uzunlikdagi ariqlar tozalandi, 1 ta qabriston obodonlaştirildi.
Mevali, manzarali daraxtlar, gullar yurtimiz fayziga fayz qöşadigan, bizning sof havodan nafas olib yaşaşimizni taʼminlaydigan omillardir. Şuning uçun ham köçalar, yöllar böylaridagi 4195 tup daraxtlar yanada körkam bölişi uçun butab, şakl berildi. 8015 tup mevali, 2693 tup manzarali daraxtlar nihollari ekildi. Şuningdek, 1350 tupdan ziyod turli xil gul köçatlari ötqazildi.
Ayni kunlarda öz tomorqalaridan unumli foydalaniş, har kim öz oilasi ehtiyojini qoplaydigan darajada hosil yetiştirişning ahamiyati haqida aholi orasida keng tuşuntirişlar olib borayapmiz. Axir dasturxonlarimiz tökinligi, farovonligimiz asosi – şu tomorqamizda.
Şirin VAFOYeVA,
"Toşyop” ovul fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat,
maʼnaviy axloqiy tarbiya
masalalari böyiça maslahatçisi.
(Foto - u-forum.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶